Mamlakatimizda aholining, ayniqsa, qishloq aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash, turmush farovonligini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod mahalla – obod xonadon – obod ko‘cha" dasturi ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.
Andijon viloyatida joriy yilda tanlab olingan 4 ta – Asaka tumanidagi Ergashobod, Oltinko‘l tumanidagi Intizom, Xo‘jaobod tumanidagi Yangi hayot hamda Shahrixon tumanidagi Oq oltin mahallalarida “Obod mahalla – obod xonadon – obod ko‘cha" dasturi doirasida qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish hamda aholi muammolarini bartaraf etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Tanlab olingan mahallalarda tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan mahallalardagi xonadonlar o‘rganilib, xatlovdan o‘tkazildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla va xonadonlar toifalarga ajratilib, odamlarni qiynayotgan masala va muammolarni bartaraf etish, xususan, yo‘llar holatini, ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali tomonidan mazkur mahallalarda aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda mazkur mahallalarda jami 56,8 kilometr uzunlikdagi gaz quvuri, 12 ta gaz taqsimlash qurilmasi mavjud. Dastur doirasida gaz quvurlarining 7,3 kilometr qismini ta’mirlash, 13,9 kilometr qismini bo‘yash va 10 ta gaz taqsimlash qurilmasini joriy ta’mirlash va texnik taftishdan o‘tkazish belgilangan.
Shu kunlarda bu boradagi ishlar qizg‘in olib borilmoqda. Ayni kunga qadar Ergashobod mahallasida 1,4 kilometr gaz quvuri, Intizom mahallasida 1,86 kilometr uzunlikdagi gaz quvuri, 2 dona gaz taqsimlash qurilmasi, Yangi hayot mahallasida 2,27 kilometr gaz quvuri, 1 dona gaz taqsimlash qurilmasi, shuningdek, Oq oltin mahallasida 1,60 kilometr gaz quvuri va 1 dona gaz taqsimlash qurilmasi joriy ta’mirlanib, texnik taftishdan o‘tkazildi. Yuqoridagi mahallalarda jami 7,9 kilometr uzunlikdagi gaz quvuri bo‘yoqlandi.
Bundan tashqari, mahallalardagi tabiiy gaz kirib borgan xonadonlarning barchasi “Aqlli gaz hisoblagich”lar bilan ta’minlandi. Bugungi kunda belgilangan ishlar “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali ishchi va mutaxassislari tomonidan reja asosida davom ettirilmoqda. Mazkur ishlar amalga oshirilishi bilan mahallalarda gaz ta’minoti yanada yaxshilanadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |