Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Samarqand viloyatida davom ettirdi.
Ishchi guruhiga Prezident maslahatchisining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiyev boshchiligida Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari xodimlari, vazirlik va idoralar mas’ullari jalb etildi.
Mutasaddilarning asosiy e’tibori viloyat bo‘yicha aholidan eng ko‘p shikoyatlar kelib tushayotgan masalalarga va tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar tahliliga qaratildi.
Murojaatlarni o‘rganish borasida vazirlik va idora vakillari tomonidan bir hafta davomida Samarqand viloyatida 7 mingda ziyod masala qayta o‘rganilib, natijada ularning 1,4 mingtasi ijobiy hal etildi. Jumladan, tibbiy yordam, order olish, maktabgacha va maktab ta’limi, suyultirilgan gaz, elektr ta’minoti, qurilish, kommunal va boshqa qator sohalardagi murojaatlarga yechim topildi.
Bundan tashqari, Xalq qabulxonalari boshchiligida viloyat, tuman, shahar sektorlari bilan 82 ta sayyor qabul tashkil etilib, 2 mingga yaqin masala ko‘tarildi. Ularning 30 foizga yaqini ijobiy hal etildi, qolgan qismi esa ijro uchun nazoratga olindi.
Misol uchun, Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 21 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 2 nafar mahkumning o‘talmay qolgan jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi, 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha 6 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 7 ta fuqarolik ishi taraflar yarashganligi munosabati bilan ish yuritishdan tugatildi.
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub’ektlari da’vogarligida 10 ta ish bo‘yicha jami 949,2 million so‘m tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga undirildi.
Shu bilan birga, qabullarda kelib tushgan murojaatlar asosida 11 kilometr ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 20 ta transformator ta’mirlandi yoki yangisiga almashtirildi, 10 kilometrga yangi elektr tarmog‘i tortilib, 130 ta suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi. Shu bilan birga 22 tonna ko‘mir yetkazib berilib, ichimlik suvi inshootlari ta’mirlandi va 27 tonna chiqindi chiqarib tashlandi.
Yana bir muhim yo‘nalish...
Samarqand viloyatida 2024 yilning birinchi choragi davomida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida qurilish ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib boriladigan 4 ta, jumladan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Melixo‘ja, Ishtixon tumanidagi Qiyot, Pastdarg‘om tumanidagi Go‘zalkent hamda Tayloq tumanidagi Tepa qishloq mahallalari tanlab olingan.
Dastur doirasida aholini uzluksiz suyultirilgan gaz bilan ta’minlash uchun 1,5 ming tonnaga yaqin qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazildi, 17 kilometrga elektr tarmog‘i tortildi hamda 623 ta temir-beton ustun o‘rnatildi.
Shu bilan birga, 15 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlanib, 54 kilometr ichki yo‘l shag‘allashtirildi, 7 kilometrga ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, ichimlik suvi nasoslari yangisiga almashtirildi.
Hududdagi suv minoralari ta’mirlanib, tizimdagi nosozliklar bartaraf etildi. Kommunal, qurilish sohasida jami 31 ta ko‘p qavatli uyda va issiqlik qozonxonalarida ta’mirlash ishlari olib borildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan esa mahallalar aholisi uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, 337 nafar bemorga ambulator sharoitda, 103 nafar bemorga tuman, shahar va viloyat muassasalarida davolanish va tekshiruvlar uchun yo‘llanma berildi.
Bandlik masalasida 1 300 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, 661 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 202 nafari esa jamoat ishlariga, 366 nafari kasb-hunarga o‘qitishga jalb etildi. Tijorat banklari tomonidan 35 nafar fuqaroga 334 million so‘m miqdorida kredit ajratilishi ta’minlandi.
Mahallalar va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik suhbatlar va chora-tadbirlar natijasida 85 ta oila yarashtirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |