Samarqand viloyat sudi raisi Olim Hayitovning navbatdagi sayyor qabuli Samarqand shahrida o‘tkazildi.
Qabulda viloyat sudi hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyalari ishtirok etdi.
64 yoshli M.Vahobova viloyat sudi raisiga murojaat qilib, Turkiya davlatiga borganida qonunni bilmaganligi uchun xorijiy davlatlarga kirish-chiqish tartiblarini buzganligi, buning uchun qonuniy jazo olib, ozodlikdan cheklash jazosini o‘tayotganligini bildirdi. Bugungi kunda qilmishining oqibatlarini tushunib yetganligi, pushaymonligi va tegishli xulosa chiqarganligini inobatga olib, jazoning qolgan qismidan ozod qilishni so‘radi. Yana 24 nafar fuqaro shu mazmunda murojaat qildi.
Shu yerda Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sayyor sud majlisi tashkil etilib, har bir holat alohida ko‘rib chiqilib, murojaatlar ijobiy hal etildi.
Umuman, qabul davomida fuqarolardan jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy masalalar yuzasidan 32 ta murojaat tushdi. Shundan qonunga muvofiq keladiganlari ijobiy hal qilindi va qolganlariga huquqiy tushuntirish berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |