2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki

Yurtimizga go‘zallik fasli bo‘lmish bahor iliq nafasi ila tabiatni uyg‘otib, o‘zining yoqimli tafti bilan kirib keldi. Qalbi go‘zallikka, ezgulikka oshno inson borki, bayramlar faslida tevarak-atrofini obod qilishga shoshadi. Zero, ozodalik, poklik, saranjomlik bor joyda doimo baraka va ko‘rkamlik bo‘ladi.

Ana shunday ezgu maqsadlarda davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatida o‘z faoliyatini olib bormoqda.  

Davlatimiz rahbarining joriy yil 4-martdagi “2024 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida tuman va shaharlar, mahalla va ko‘chalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlarini o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.  

Jumladan, “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida barcha mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, mehr-saxovat ko‘rsatish bo‘yicha “Dolzarb 10 kunlik” tadbirlarini hamda viloyatda umumxalq hasharini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.  

Qolaversa, joriy yilning 11-martidan boshlab yurtimizda muborak Ramazon oyi boshlanadi. Ushbu ulug‘ oyning mazmun-mohiyatida inson sha’nini ulug‘lash, yaxshilik va mehr-u-saxovat kabi fazilatlar mujassam. Oila va mahallalarda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.  

Bu borada Respublika ishchi guruhi boshchiligida Buxoro viloyatida istiqomat qilayotgan 72 mingdan ortiq kam ta’minlangan oilalar, 5700 ga yaqin boquvchisini yo‘qotgan oilalar, 600 dan ziyod yolg‘iz keksalar hamda 50 mingga yaqin nogironligi bor shaxslarning holidan xabar olish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.  

Ayni vaqtda, mahallalarda, ko‘cha va guzarlar, xiyobonlar, qabriston va ziyoratgohlarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyillarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.    

Prezident  maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi mahallalarda bo‘lib, mahalla yettiliklari, aholi bilan muloqot olib borib, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.  

Bu jarayonda Qorako‘l tumanining Qorahoji, Romitanning Sho‘rcha, G‘ijduvonning Ko‘lijabbor, Kogon shahrining Xo‘jabargi mahallalarida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy qilish ishlari ham jadallashtirilmoqda. Mazkur hududlarda yangi mahalla binolari qad rostlamoqda, ta’lim, tibbiyot, madaniyat muassasalari rekonstruksiya qilinmoqda.  

Mazkur mahallalardagi ta’mirtalab 18 km yo‘lga shag‘al yotqizildi, 340 ta simyog‘och ustunlar o‘rniga temir beton tayanch o‘rnatildi, 126 ta yangi beton tayanchlar qurish ishlari olib borildi va 13 km SIP kabellari tortildi. Gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida aholiga 822 ta gaz ballon yetkazib berildi. 5,2 km tabiiy gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi, aholi xonadonlariga 7 tonna ko‘mir yetkazib berildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida 3 km suv quvurlari ta’mirlandi.  

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.  

09.03.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar