2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahallalarda suv muammosi bo‘lmaydi

Toshkent tumanida zamonaviy suv ko‘tarish inshootlari foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Dilshod Azimov, tashkilotning “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ vakillari, tuman hokimi Odilxon Rustamov, soha mutaxassislari va hudud faollari qatnashdi. 

Inshootlarning ishga tushishi hududda aholining ichimlik suvi ta’minotini oshirish, suv muammosi va isrof bo‘lishini bartaraf etishga xizmat qiladi. 

Ma’lumki, Prezidentimizning 2017-yil 3-martdagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish (1-bosqich)” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori doirasida joylarda maxsus suv ko‘tarish inshootlarini bunyod etish belgilangan. 

– Xayrli ishlardan barcha xursand bo‘ldi, – deydi “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Dilshod Azimov. – Ilgari Toshkent tumani aholisining 78,9 foizi yoki 18 ming 304 ta xonadon jadval asosida ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Endilikda loyiha ishga tushgach,bu ko‘rsatkich 92 foizga yetadi yoki 21 ming 345 ta xonadon doimiy ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. 

Tumandagi Qirariq mahallasi o‘tgan asrning 80-yillarida tortilgan quvurlar orqali jadval asosida toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Biroq 4 ta ko‘chaga suv quvurlari umuman kirmagan. Chuvalachi mahallasida esa aholi ko‘p yillardan beri quduqdan suv ichib kelgan. Aslida bunaqa misollar ko‘p. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari tufayli bu joylarda endi aholi suv ta’minotidan qiynalmaydi. 

Tadbir ishtirokchilari 4-suv ko‘tarish inshooti faoliyati bilan tanishdi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududga ko‘chatlar ekildi.

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent tumanida Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning 1-bosqich 4-paketida “MESMER-EAST” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan 3 ta – URV-2, URV-3 va URV-4 suv ko‘tarish inshootlari ishga tushirildi. Buning natijasida 21 ta mahallaning 214 ta ko‘chasiga ichimlik suvi tarmoqlari tortildi. 

Muhimi, barcha suv ko‘tarish inshootlarida Germaniyaning aqlli hisoblagichlari, zamonaviy elektr tejamkor nasos agregatlari o‘rnatilgan. Bu esa toza ichimlik suvini belgilangan tartibda aholi xonadonlariga yetkazib berishga xizmat qiladi. 

16.03.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar