2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Surxondaryoda yangi mezon asosida 75 ta mahalla obod bo‘ldi

Termiz shahrida videkonferensaloqa shaklida “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlari asosida qiyofasi tubdan o‘zgargan 75 ta mahalla fuqarolar yig‘inini foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat markazidagi studiyadan viloyat sektorlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlari joriy etilgan mahallalardagi studiyalardan tuman, shahar hokimlari, sektorlar rahbarlari, mahallalar yettiligi va faollari qatnashdi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat ahlini Navro‘zi olam bilan tabriklab, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda faol ishtirok etayotgan sektorlar rahbarlari, homiylar va hasharchilarga minnatdorlik bildirdi. Qadimdan xalqimizni ma’nan birlashtirib, qalbida ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlashga, insoniylik, mehr-murruvvat  g‘oyalarini keng tarannum etishga xizmat qilib kelayotgan ulug‘ ayyom arafasida voha hayotida yuz bergan yangilanishlar haqida atroflicha fikr yuritdi.  

–Prezidentimiz g‘oyalari bilan hayotga tadbiq etilgan yangi mezon olis va chekka qishloqlarni ham obod va farovon go‘shaga aylantirayotgani bilan barchamizning faxr-iftixor tuyg‘umizni yuksaltirmoqda, –¬dedi viloyat hokimi.¬–Jumladan, “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlari joriy etilgan o‘tgan yil vohada 4 ta mahallada yirik hajmdagi qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, qiyofasi tubdan o‘zgardi. Odamlarning munosib turmush kechirishi uchun barcha sharoit yaratildi. Bu yil boshida ana shu tajriba asosida og‘ir hudud sifatida tanlangan 75 ta mahallada mazkur mezonni joriy etib, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ahillik bilan qilgan mehnatimiz o‘z samarasini berdi. Belgilab olgan asosiy ishlarimiz yurtimizda Navro‘z nafasi esayotgan shu kunlarda yakunlanib, ko‘cha va xonadonlarga, mahalalarga o‘zgacha fayz ulashdi. Bu xalqimiz uchun bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Yangi mezon asosida mahallalarni obodonlashtirish uchun ishchi guruh aholini qiynayotgan muammolarni o‘rgangach,har bir hudud uchun tegishli “yo‘l xaritasi” tayyorlandi. Uni tez, sifatli bajarishga tuman va shahar sektorlar rahbarlari mas’ul etib belgilandi.  

–O‘rganish chog‘ida 75 ta mahalladagi 25 mingdan ortiq xonadonda mavjud 6 mingdan ziyod muammo aniqlanib, ularni hal etish bo‘yicha sektor rahbarlari, keng jamoatchilik, xomiylar va aholi birgalikda salmoqli ishlar olib borildi, –¬deydi Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abduhakim Eshmuradov.– ¬Misol uchun, Oltinsoy tumanidagi eng og‘ir hududlardan biri tog‘li To‘xtamish mahallasida yaroqsiz holga kelgan qishloq-vrachlik punkti tubdan rekonstruksiya qilinib, barcha sharoit yaratildi. Yo‘llarga asfal yotqizilib, yo‘l bo‘ylariga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Ko‘plab xonadonlar, mahalla qabristoni va ijtimoiy soha obyektlari ta’mirlandi. Boshqa hududlarda ham keng qamrovli  qurilish-obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ishchi guruhning o‘rganishlari chog‘ida aniqlangan aholi  muammolari doirasida mazkur mahallalarda “Obod xonadon” mezoni asosida 9 mingta uy-joy ta’mirlandi. “Obod ko‘cha” mezoni bo‘yicha 604 ta ko‘chada 64 kilometr masofaga asfalt yotqizilib, 653 kilometrga tosh-shag‘al to‘shaldi, betonlashtirildi.Beshta ko‘prik qurildi.2 ming kvadrat-metr piyodalar yo‘lagi barpo etildi. 82 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i ta’mirlanib, 19 ta yangi ichimlik suvi inshooti o‘rnatildi. 149 kilometr yangi elektr tarmog‘i tortildi. 68 ta yangi transformator o‘rnatilib, muddati o‘tgan  ikki mingdan ziyod simyog‘och beton ustunlarga almashtirildi. Foydalanilmayotgan 23 mingga yaqin tomorqaga ekin ekilib, aholi daromad olishiga sharoit yaratildi. 655 kilometr ariq qazilib, 126 ming dona manzarali va mevali daraxt ko‘chati ekildi. Hududlardan 2 ming tonnadan ortiq chiqindi olib chiqib ketildi. Mahallalarda 57 ta yangi ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirilib, 65 tasi ta’mirlandi.

Tadbirda “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlari asosida tubdan yangilangan mahallalar faollari so‘zga chiqib, hududlardagi o‘zgarish va yangilanishlar o‘z-o‘zidan yuz bermayotgani, bunday ulug‘vor ishlar zamirida inson qadrini ulug‘lashdek ezgu g‘oya mujassam ekanini alohida ta’kidladi. Uzoq yillardan buyon aholi orzu qilgan bu ishlar qisqa muddatlarda amalga oshirilgani uchun davlatimizdan behad mamnun ekanliklarini bildirdi.

25.03.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar