2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Buxoroda “Sayxunobod tajribasi” ommalashadi

Davlat rahbarining Sirdaryo viloyatining og‘ir tumani hisoblangan Sayxunobodga tashrifi, bu yerda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha Prezident tashabbusi asosida yaratilayotgan tajriba – davlat uy xo‘jaliklariga o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga solishga ko‘maklashishi tamoyili ayni kunda butun respublika viloyatlari, barcha mahallalarda amalda qo‘llanilmoqda.

Buxoro viloyati hokimligida Sayxunobod tajribasi asosida hududlarda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishga doir o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.  

Endilikda Sayxunobod tajribasi asosida Buxoro viloyatida ham har bir mahallada 7 tagacha kambag‘al, daromadli mehnat bilan shug‘ullanishga ishtiyoqi bor nochor xonadonlar tanlab olinadi. Ularga hududdagi yetakchi tadbirkorlarni jalb qilgan holda layoqatiga mos ravishda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, baliqchilik kabi tarmoqlar bilan birga tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, 3 sotix atrofidagi issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish va buning natijasida saralangan oilalarning bir yilda 50 million so‘mdan oshirib daromad topishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari ko‘riladi.  

Mahallalarga biriktirilayotgan tijorat banklari mas’ullari joylardagi hokim yordamchilari ko‘magida saralangan xonadonlarda daromad manbaini yaratish, tomorqa madaniyatini shakllantirish, sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirish, ko‘chat o‘tqazish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, qolaversa, aholiga savdo va xizmati ko‘rsatish, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish ishlariga shaxsan javobgar hisoblanadi.  

Bu borada amalga oshirilayotgan kundalik ishlar viloyat shtabida muhokama qilib boriladi.  

O‘quv-amaliy seminarda mas’ullarning axborotlari tinglandi. Sayxunobod tajribasini joylarda ommalashtirish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga zarur tavsiyalar berilib, aniq vazifalar belgilandi.  

26.03.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar