Samarqand viloyatida ham Ramazon oyi munosabati bilan aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlami, keksalar va bemorlar holidan xabar olinib, ularga muruvvat ko‘rsatilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligining ma’lumotlariga ko‘ra, shu kunlarda Urgut tumanidagi masjidlar imom xatiblari homiylar ko‘magida moddiy ko‘makka muxtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor 189 oilaga oziq-ovqat mahsulotlari va uy-ro‘zg‘or buyumlari, shuningdek, naqd pul shaklida 75 million so‘mlikdan ortiq moddiy yordam ko‘rsatdi. Shuningdek, ehtiyojmand 30 oila vakillari uchun iftorlik dasturxona yozilib, sovg‘alar ulashildi.
– Yaratganga shukr, xalqimiz saxovatli, savobli ishlarda kamarbasta, – deydi Urgut tuman bosh imom xatibi Abdug‘ani Hasanov. – Tadbirkorlarimiz, savobli ishga bosh qo‘shishni niyat qilgan yurtdoshlarimiz masjidlarimizga yoki mahallaga borib, Ramazon oyida xayriya qilmoqchi ekanligini aytib, qaysi oilalar ko‘makka muhtojligini so‘rayapti. O‘zlari bilgan oilalar, qo‘ni-qo‘shnilariga saxovat ko‘rsatayotganlar ham ko‘p. Yana ko‘pchilik katta-katta iftorlik marosimlari o‘tkazish o‘rniga, bu tadbirlarga ketadigan oziq-ovqatni oilalarga bo‘lib bermoqda. Bunday xayrli ishlar odamlarning bir-biriga mehr-oqibatini mustahkamlab, elimiz o‘rtasida hamjihatlikni ta’minlaydi.
Bu kabi muruvvat tadbirlari Bulung‘ur va Ishtixon tumanlarida ham tashkil etilib, 130 dan ortiq xonadonga 65 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. Xususan, Ishtixon tumanidagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj xonadonlarda yashovchi 23 oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |