Yurtimiz mahallalarida aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, ko‘makka muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, joylarda sog‘lom ma’naviy-ma’rifiy muhitni shakllantirish kabi qator masalalarda keng ko‘lamli ishlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi eng olis va og‘ir hududlarda «Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla» mezonlarini joriy etishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarini olib bormoqda.
Dasturga muvofiq joylarda tanlab olingan 56 ta «qizil» toifadagi mahallada bir qator ishlar maqsadli yo‘lga qo‘yildi.
Xususan, Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tijorat banklari hamda tegishli vazirlik va idora vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhi shakllantirildi.
Qabul qilingan dastur talablaridan kelib chiqqan holda joriy yilning birinchi choragida qanday ishlar amalga oshirildi? Natijalari qanday bo‘ldi?
Respublika ishchi guruhi ma’lumotiga ko‘ra vakillar viloyat sektorlari hamda hududiy hokimliklar bilan birgalikda aholi muammolarini aniqlash, ularni tezkor hal qilish maqsadida «og‘ir hudud» toifasiga kiritilgan 56 ta mahallada jami 41 mingdan ziyod xonadonda o‘rganishlar o‘tkazdi. Aniqlangan muammolar asosida «Yo‘l xaritalari» ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Jumladan, obodlik mezonlarini joriy etishda jami 9 mingdan ziyod ijtimoiy soha obyektlari hamda xonadonlar ta’mirlandi. Shulardan 2,2 mingta uy-joyi ta’mirga muhtoj va o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan fuqarolarning turar joylari byudjet hamda homiylar hisobidan bepul joriy va kapital ta’mirlab berilgan.
Mahallalardagi 543 ta ko‘chada 200 kilometrdan ziyod yo‘llar asfalt va shag‘allashtirilib, 17 ming metr kvadratdan ziyod piyodalar yo‘lagi barpo etilgan.
Bundan tashqari, 142 kilometr uzunlikdagi yangi elektr tarmog‘i tortilib, ichki ko‘chalarga 500 dan ziyod yoritish moslamalari o‘rnatilgan. 37 ta yangi transformator qo‘yilib, 156 tasi kapital ta’mirlandi, 6 mingga yaqin simyog‘och ustunlari beton ustunlarga almashtirildi, 2,3 mingta yangi qo‘shimcha temir-beton ustunlar o‘rnatildi.
Shu bilan birga, gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 81 ta gaz taqsimlash punkti, 121 kilometr gaz tarmog‘i ta’mirlandi. Aholi murojaatidan kelib chiqqan holda 3,1 mingdan ziyod qo‘shimcha suyultirilgan gaz ballonlar yetkazib berildi.
Ichimlik suvi ta’minotini sohasida 88 kilometr uzunlikdagi yangi suv tarmog‘i tortilgan, 36 ta ichimlik suvi inshooti (skvajina, minora, rezervuar, nasos stansiyasi) ta’mirlandi.
Bundan tashqari, muqaddas Ramazon kunlari 54 ta qabriston obodonlashtirilib, 6 tasida xonaqosi yangidan qurildi, 10 tasi joriy ta’mirlandi.
Respublika ishchi guruhining e’tibor markazidagi masalalardan yana biri aholining muhtoj qatlamiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishdir.
Bu borada esa 119 nafar fuqaroning 373 million so‘mlik subsidiya olishiga ko‘maklashildi. 31 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 61 nafariga protez-ortopediya vositalari, 3 ming nafariga bepul dori-darmonlar, 31 nafariga tikuv mashinasi va 8 nafar fuqaroga asbob-uskunalar va mehnat qurollari olib berildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari ko‘magida 55 mingdan ziyod aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, natijaga ko‘ra 282 nafariga davolanish uchun bepul orderlar berildi. Mahallalarda 3,5 mingdan ziyod fuqaro bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi.
Respublika ishchi guruhi faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishi — joylarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaxshilash sanaladi.
Ushbu maqsadda mahallalarda 10 mingdan ziyod turli tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, xonadon madaniyatini yuksaltirish, oilalarda farzand tarbiyasi, ota-ona va farzand munosabatlari, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kasanachilikni rivojlantirish, «Uch avlod uchrashuvlari», ma’naviyat va kitobxonlik, sportni targ‘ib qilish kabi tadbirlari shular jumlasidandir. 544 ta oiladagi notinch va nizoli holatlar jamoatchilik aralashuvi bilan bartaraf etildi.
«Yashil makon» umummilliy dasturi ijrosi doirasida mahallalarda qarovsiz qolib ketgan yerlarga ko‘chatlar ekilib, «mahalla bog‘lari» yaratildi. Ko‘chalar va uylar atrofiga gullar, mevali, manzarali daraxtlar ekildi.
Bugunning eng dolzarb masalalaridan biri kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va shu orqali oilalarning daromadini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu yo‘lda aholi tomorqa yer maydonlaridan unumli foydalanishini yo‘lga qo‘yish — eng samarali usul sanaladi. Shu bois barcha mahallarda «Tomorqa — daromad manbai» mavzusida seminarlar tashkil etildi.
Tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan mutasaddilar, sektor rahbarlari, «mahalla yettiligi» vakillari ishtirok etgan tadbirlar orqali tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan jarayonlar o‘rganildi.
Darhaqiqat, shu kabi aniq maqsadlar ortidan fayzli mahallalar soni ko‘paymoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |