2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqmagan tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilmoqda

Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida samarali hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi.

Xususan, joriy yilning I choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonalari tomonidan Buxoro shahar hokimligi, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ va uning hududiy korxonalari, Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va hududiy bo‘limlari, Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va hududiy korxonalari hamda Olot tumani hokimligida murojaatlar bilan ishlashning holati joyiga borib o‘rganildi. 

– 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasidan Buxoro shahar hokimligiga ko‘rib chiqish uchun 1 308 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 948 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, – deydi viloyat Xalq qabulxonasi mutaxassisi Temurbek Isoyev. – 289 tasi ijobiy hal etilgan. 37 tasi tugatilgan, 14 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan. 4 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 4 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan va 4 tasi rad etilgan. Jami murojaatlarning 239 tasini takroriy murojaatlar tashkil etgan. O‘tgan 2023-yilda Buxoro shahar hokimligiga yuborilgan murojaatlar 149 tasining ko‘rib chiqish muddati buzilgan. 

Joriy yilning 29-mart holatida 171 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 95 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 31 tasi ijobiy hal qilingan, 1 tasi tugatilgan va 1 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan. Jami murojaatlarning 13 tasini takroriy murojaatlar tashkil qiladi. 

Bugungi kunda qadar hokimlikka kelib tushgan murojaatlar 9 tasining 30 kunlik ko‘rib chiqish muddati buzilgan. Shuningdek, 2 ta murojaatning ko‘rib chiqish muddati o‘tgan bo‘lsada, shu kunga qadar yakuniy hal etilmagan. 

O‘rganishlar natijasida murojaatlar bilan ishlash faoliyatida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi yuzasidan yuqorida keltirilgan tashkilotlarning barchasiga taqdimnoma kiritildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga asosan, joriy yilning mart oyida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Xalq banki tizimida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash faoliyati o‘rganib chiqildi. 

01.04.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar