2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Og‘ir hudud”lar obod manzillarga aylanmoqda

Samarqand viloyatidagi “og‘ir hudud” toifasidagi mahallalarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etgan holda infratuzilmani yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, odamlar turmush darajasini oshirish maqsadida ayni paytda viloyat to‘rt sektoridagi to‘rt mahallada keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Ishtixon tumanidagi Qiyot, Pastdarg‘omdagi Go‘zalkent, Toyloqdagi Tepaqishloq hamda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Melixo‘ja mahallalarining har birida dastlab xatlov o‘tkazilgan holda “yo‘l xarita”lari ishlab chiqildi.  

– O‘tgan yilgi tajriba asosida “og‘ir hudud” toifasidagi mahallalarda aholi hayot darajasini o‘zgartirish bo‘yicha ishlar aniq dasturlar asosida, nafaqat tumanlar mas’ullari, balki viloyat tashkilotlari ishtirokida olib borilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Mamatjon Turdiyev. – To‘rt mahallada ham ishchi guruhlari, shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va kunlik monitoring yuritilmoqda. Shu paytgacha asosiy ishlar deyarli bajarildi. Xususan, Qiyot mahallasidagi 9 ta qishloqning 30,5 kilometr ichki yo‘llariga shag‘al yotqizildi. 4 ta yangi transformator o‘rnatilib, 9 tasi ta’mirlandi, 9,1 kilometr SIP kabellar tortildi, eski simyog‘ochlar o‘rnida 380 dona temir-beton ustun o‘rnatildi, 8,1 kilometr gaz  tarmoqlari ta’mirlandi. Hududdagi 46, 47, 58-maktablar joriy ta’minlangan bo‘lsa, qishloq vrachlik punktida kapital ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.  

Mahalladagi ehtiyojmand, o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan oilalar, imkoniyati cheklangan shaxslarning 12 ta uy-joyi ta’mirlab berilmoqda, 1 ta xonadon esa yangidan qurilmoqda.  

“Yashil makon” umummilliy  loyihasi doirasida mahallada yo‘l chetlarida, muassasalar va aholi xonadonlarida 10560 tup ko‘chat ekildi. Jumladan, 2 gektar bo‘sh yer maydonida 4500 tup daraxt ko‘chati o‘tqazildi.

Mahalla aholisi bir necha bor chuqurlashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 1884 kishida turli xil kasalliklar aniqlanib, ularning 209 nafariga statsionar va 1675 nafariga ambulator sharoitda davolanish uchun tavsiya berildi.

Tuman veterinariya bo‘limi hodimlari tomonidan 540 ta xonadondagi 963 bosh mayda va yirik shoxli uy hayvoni emlandi.  

Mahalladagi mehnatga layoqatli 2357 nafar aholi 126 nafarining ishsizligi aniqlanib,  69 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi. 8 nafariga o‘zini- o‘zi band qilishi maqsadida issiqxona qurish uchun subsidiya ajratish, 11 nafarini kasb-hunarga o‘qitish, 31 nafariga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish choralari ko‘rilmoqda.

Pastdarg‘om tumani Go‘zalkent mahallasida ham ishlar boshlanishi oldidan mavjud 802 ta xonadonda xatlov ishlari olib borildi.  Aniqlangan kamchiliklar hamda aholining ehtiyoj va takliflari inobatga olingan holda 203 dona eski simyog‘och almashtirildi, 40 dona qo‘shimcha beton ustun o‘rnatildi, 6,9 kilometr SIP kabellari tortildi va 5 ta elektr transformator ta’mirlandi.

– Mahalla xududida 2,6 kilometr toza ichimlik suvi tarmog‘i yangidan tortildi hamda 4 ta ichimlik suvi inshooti ta’mirlandi, 0,9 kilometr yo‘llarga shag‘al yotqizildi. 600 metr piyodalar yo‘lagi barpo etildi, 0,9 kilometr internet aloqa tarmog‘i tortildi, – deydi M.Turdiyev. – 97 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. 951 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 35 nafarida kasallik aniqlandi va ularga ambulator davo muolajalari tavsiya etildi.

Toyloq tumanidagi 3500 nafarga yaqin aholi yashaydigan Tepaqishloq mahallasida esa jami 16 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash rejalashtirilib, hozirgacha 6 kilometr shag‘al yo‘llar ta’mirlandi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 3 ta suv inshooti  ta’mirlandi va 8 kilometr tarmoq tortish ishlari davom etmoqda.

Elektr ta’minotini yaxshilash uchun 170 ta beton ustun va 2 dona yangi transformator o‘rnatildi va 3 tasi ta’mirlandi. 6 kilometr SIP kabel tortilmoqda. Aholi xonadonlarini internet tarmog‘iga ulash uchun 2,2 kilometr tarmoq tortildi.

Hudud ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 39-umumta’lim maktabi binosi joriy ta’mirlanmoqda. Qishloq vrachlik punkti binosida esa tom ishlari tugatilib, ichki suvoq va boshqa yumushlar bajarilmoqda. Shuningdek, mahalla binosi ham mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan joriy ta’mirlanyapti.

Mahallada 2,6 kilometr piyodalar yo‘lakchasi, 50 dona tungi yoritish ustunlarini o‘rnatish belgilangan bo‘lib, hozir bu boradagi ishlar davom etmoqda.  

Kattaqo‘rg‘on tumani Melixo‘ja mahallasida 1157 ta xonadonda “Obod xonadon” mezonini joriy etish belgilangan.

Jumladan, tegishli “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, Melixo‘jada fuqarolar yig‘ini uchun yangi bino quriladi. 2 ta umumta’lim maktabi mukammal, 2 tasi joriy ta’mirlanadi, 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti ham mukammal ta’mirlanadi, bitta oilaviy shifokorlik punkti binosi, 4 ta vorkout maydonchasi quriladi. Shuningdek, 15 kilometr yo‘lga asfalt yotqizish, 22,4 kilometr ichki yo‘llarga shag‘al to‘kish, 2 ta yangi transformator va 730 dona temir-beton ustun o‘rnatish, 14 ta transformatorni ta’mirlash, 2 ta yangi suv inshooti qurish, 600 metr gaz tarmog‘i tortish rejalashtirilgan. Hozirgacha bu yumushlar deyarli yakuniga yetdi.

Mahalladagi 4 ta ko‘p qavatli uyning tashqi tomoni ta’mirlandi. “Enam yaxshi – 2” qishlog‘ida 5 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.  

Mahalladagi mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida ikki marta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilib, 14 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi, 50 nafar fuqaro vaqtincha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 7 nafar fuqaroga 221 million so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Umuman, to‘rt mahalladagi ishlar ham yaqin kunlarda yakuniga yetib, ushbu hududlar “og‘ir toifa”dan chiqib, obod manzillarga aylanadi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

11.04.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar