Samarqandda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil bahor mavsumida 10 million 208 ming tup ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, shu paytgacha 9 million 500 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, elektron platformaga kiritildi.
Jumladan, bugun Pastdarg‘om tumanidagi Zafarobod qishlog‘ida 270 gektar maydonda 150 ming tupga yaqin pista, terak va tut ko‘chati ekildi.
Ko‘chat ekish tadbirida viloyat hokimi E.Turdimov, harbiylar, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mazkur bog‘ tomchilatib sug‘orish tizimi asosida parvarishlanadi.
Loyiha doirasida yil yakuniga qadar viloyatning 7 tuman va shahrida 28,4 gektar yer maydonida “Yashil bog‘”, 16 tuman va shaharda 34 ta “Hokimlik bog‘i” tashkil qilinishi belgilangan. Bundan tashqari, viloyat hududidagi 58 ta sanoat korxonasi tomonidan 75 ming tup daraxt ko‘chati ekilib, “Yashil belbog‘”lar yaratiladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |