“Sayxunobod tajribasi”ommalashmoqda
Davlatimiz rahbari joriy yilning 14-mart kuni Sirdaryo, 25-26-mart kunlari Namangan, 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatlariga tashrifi chog‘ida hududlardagi Sayxunobod, Chust va Sharof Rashidov tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning tomorqa xo‘jaliklarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishgan va aholining tomorqalardan unumli foydalanishini rivojlantirish borasida mutasaddilarga aniq vazifalarni belgilab bergan edi.
Do‘stlik tumani hokimi Shavkat Darvishev boshchiligidagi sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, MFYlar raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, tijorat banklari xodimlaridan iborat bir guruh delegatsiya a’zolari Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani “Ittifoq” mahalla fuqarolari yig‘inidagi aholining tomorqa va uy xo‘jaliklari tajribasini o‘rganish maqsadida ushbu hududda bo‘ldi.
Do‘stlik tumani delegatsiyasining ushbu safardan ko‘zlangan maqsadi ham qo‘shni viloyat xonadonlarida tomorqachilik borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish va bu ilg‘or tajribani o‘zlarida keng qo‘llashdir.
– Davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sayxunobod tumani Ittifoq mahallasi xonadonlarining tomorqachilik tajribasini ommalashtirish, ulardan o‘rganish haqida alohida to‘xtalib o‘tgan edi. Biz ushbu hududga xizmat safarimiz chog‘ida “Ittifoq” MFY fuqarolarining tomorqalarida sabzi, sarimsoq piyoz, kartoshka, karam, qulupnay va shu kabi kundalik ehtiyoj uchun zarur ekinlar, turli gullar ekilganligiga va ular baravj o‘sayotganiga guvoh bo‘ldik, – deydi Do‘stlik tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Murod Allashev. – Bundan tashqari, xonadonlarda tomorqaga olma va tok ko‘chatlari, ularning orasiga esa turli ko‘katlar ekilgan. Bunga qo‘shimcha tovuq, quyon, asalari va sog‘in sigir boqilmoqda. Bu omilkorlikning barchasi oila byudjetini to‘ldirib, aholining o‘zini- o‘zi band qilishini ta’minlaydi va, eng asosiysi, oilaga katta daromad keltiradi. Biz ham tumanimizda sayxunobodliklar tajribasini keng ommalashtirib, joriy etishni rejalashtirganmiz.
Tuman delegatsiyasi “Olg‘abos” mahalla fuqarolar yig‘inida ham bo‘lib, aholi xonadonlaridagi tomorqachilik va uy xo‘jaliklari yerlarida sabzavotchilik, chorvachilik, quyonchilik, tovuqchilik, asalarichilik va boshqa sohalardagi tajribalar bilan yaqindan tanishib, o‘zaro tajriba almashdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |