Prezidentimiz o‘tgan yil 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida odamlarning munosib turmush darajasini yanada yuksaltirib, mahallalarda aholi uchun barcha qulaylikni yaratish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab bergan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash uchun yil boshida Termiz shahri va tumanlarning har biridan beshtadan 75 ta og‘ir iqtisodiy-ijtimoiy ahvoldagi mahalla tanlab olinib, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etildi.
O‘tgan yil yangi mezon doirasida vohadagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir to‘rtta mahallada yirik hajmdagi qurilish-obodonlashtirish ishlari bajarilib, qiyofasi tubdan o‘zgardi. Keng, ravon yo‘llar barpo etildi. Yangi ta’lim, tibbiyot muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘ini idoralari qurildi. Mavjudlari ta’mirlandi. Keng, ravon yo‘llar barpo etildi. Ko‘chalarga tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatildi. Kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj oilalarning xonadonlari ta’mirlab berildi. Ichimlik suvi ta’minoti tubdan yaxshilanib, aholi uchun barcha zamonaviy sharoit yaratildi.
Bu ishlar viloyatda yangi yilda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini yanada kengroq joriy etish uchun o‘ziga xos tajriba maktabi vazifasini bajardi. Shunga muvofiq yilning dastlabki kunlaridan 75 ta mahalla tanlab olinib, joylardagi sektorlar rahbarlariga biriktirildi.
– Bu ishni sifatli, tez amalga oshirish uchun ishchi guruh tashkil etilib, yilning ilk oyida 75 ta mahalladagi 25 mingdan ziyod xonadonda o‘rganish o‘tkazildi, – deydi Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri, ishchi guruh rahbari Abdulhakim Eshmuratov. – Ularda 6 ming 540 ta muammo aniqlandi. Xatlov natijalari asosida hududlarda “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tayyorlanib, shu asosda qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari boshlandi.
Yangilanishga yuz tutgan mahallalarda “Obod xonadon” mezonlari asosida uy-joyi ta’mirga muhtoj va o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan oilalarning 9 mingga yaqin turarjoyi ta’mirlab berildi. “Obod ko‘cha” mezonlari bo‘yicha 604 ta ko‘chada 64 kilometr asfaltlash, 653 kilometr shag‘al yotqizish va betonlash ishlari amalga oshirildi. 2 ming kvadrat-metrpiyodalar yo‘lagi barpo etildi. 82 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i ta’mirlandi. 19 ta yangi ichimlik suvi inshooti qurildi.
Ishchi guruh olib borgan o‘rganish chog‘ida odamlar elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni ham o‘rtaga tashlagan edi. Shu asosda qisqa vaqtda 149 kilometr yangi elektr tarmog‘i tortildi, 68 ta yangi transformator, muddati o‘tgan 2 mingdan ziyod simyog‘och o‘rniga yangi qo‘shimcha beton ustunlar o‘rnatildi. 9,5 kilometr gaz tarmog‘i ta’mirlandi, olis chekka hududlardagi aholi uchun 642 ta suyultirilgan gaz ballon yetkazib berildi.
Xalqimizda obodlik ostonadan boshlanadi, degan gap bor. Inson qadri ulug‘lanayotgan mamlakatimiz mahallalarida yuz berayotgan bunday o‘zgarishlar odamlarning hayotga intilishini oshirib, ularning qalbini quvonch nurlari bilan yoritmoqda. Zero, “Obod mahalla” mezonini joriy etishda hududlarning infratuzilma inshootlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari qurilishiga alohida e’tibor berilayotgani ahamiyatli bo‘layotir. Mahalla fuqarolar yig‘inlari idorasida ham barcha sharoit yaratildi. Ana shunday ezgu maqsadda 57 ta yangi ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirilib, 65 tasi ta’mirlandi.
Bugun Muzrabot tumanidagi Yakkatol mahallasiga kelsangiz, hudud tamomila yangi ko‘rinishda bo‘y ko‘rsatganidan qalbingiz sevinchga to‘ladi. Uch oyda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlaridan faxr hissini tuyasiz. Ayni paytda mahalla binosi qurilayotir. 4,6 kilometr ta’mirtalab yo‘lga tosh-shag‘al to‘kilib, tekislandi. 15 ta yo‘l belgisi, bitta svetofor o‘rnatildi. Bo‘ston ko‘chasiga peshlavha o‘rnatilib, ko‘cha bo‘ylab uzum voyishi barpo etildi. 1,6 kilometrga yangi kabel tortilib, 50 dona temir beton ustun o‘rnatildi.
Mahallada xonadonlar uyma-uy yurib o‘rganib chiqilganida 265 ta xonadonning ikkinchi toifadagi yordam ko‘rsatilish kerak bo‘lgan 64 ta xonadondan 56 tasining fasad ta’miri, fasad oqlash, yuvinish xonalari, oshxona, tandirxona, molxonalari, sanitariya-gigiyena shoxobchasi ta’mirlab berildi. Uchinchi toifadagi 32 ta xonadondan 29 tasi homiy tashkilotlar ko‘magida fasad ta’miri va oqlash, yuvinish xonasi, oshxona, tandirxona, molxonalari, sanitariya-gigiyena shoxobchasi ta’mirlandi. To‘rtinchi toifaga mansub 3 ta xonadon kapital ta’mirdan chiqarildi.
Mahallaning Bog‘i shamol ko‘chasidagi 53 ta xonadonga 1,2 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. 5 ta ko‘chadan 20 tonnadan ortiq chiqindi olib chiqildi. 4,5 kilometr ariq - zovur tozalandi.
Oltinsoy tumanidagi tog‘li To‘xtamish mahallasida olib borilgan bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlari chog‘ida olti kilometr ichki yo‘lga tosh yotqizildi. Bitta yangi transformator o‘rnatilib, to‘rttasi ta’mirlandi. Uch kilometr yopiq elektr kabeli tortildi. 30 ta oilaga suyultirilgan gaz balloni yetkazib berildi. 8 kilometr ariq tozalanib, 4 ming 100 tup turli manzarali va mevali ko‘chat ekildi. Beshta ko‘cha obodonlashtirilib, tartibga keltirildi. Mahalla binosi va qishloq vrachlik punkti qaytadan ta’mirlandi. 42-maktab joriy ta’mirdan chiqarildi. Mahalladan 57 tonna chiqindi olib chiqilib, 87 ta xonadon internet tarmog‘iga ulandi. Homiylik asosida kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalarning xonadonlari tubdan ta’mirlanib, yashash uchun qulay sharoit yaratildi.
– Uy-joyimizni ta’mirlab olishga qo‘limiz kaltalik qilib turgan edi, – deydi boquvchisini yo‘qotgan Maxfirat Odinayeva. – Mahallamizni obodonlashtirish chog‘ida quruvchilar kelib, uyimizni qayta ta’mirlab berishdi. Kutilmagan bu ishdan boshimiz osmonga yetgudek bo‘ldi. Bunday e’tibor uchun davlatimizdan behad minnatdormiz.
Vohada bir yo‘la 75 mahallada joriy etilgan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezoni hududlardagi yuz mingdan ortiq aholining munosib turmush kechirishi uchun barcha qulaylikni yaratib, ularga bir olam quvonch bag‘ishlamoqda. Shuningdek, mahallalarda foydalanilmayotgan 23 mingga yaqin tomorqaga ekin ekilib, aholi daromad olishiga qulay sharoit yaratildi. 2 ming tonnadan ortiq chiqindi olib chiqib ketildi, 655 kilometr ariq qazilib, 126 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chati ekildi. Beshta ko‘prik qurildi. 3 mingga yaqin xonadon internet tarmog‘iga ulab berildi.
– Bu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q, – deydi Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri, ishchi guruh rahbari Abdulhakim Eshmuratov. – Davlatimiz rahbarining odilona siyosatlari, viloyat va joylardagi sektorlar rahbarlarining betinim mehnati, himmati cheksiz homiylar saxovati va mehnatkash xalqimizning ahilligi bilan qisqa vaqtda ulkan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hozir asosiy yumushlar yakunlangan bo‘lsa-da, ayrim ijtimoiy soha obyektlarini qurish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Viloyatda xonadon, ko‘cha va butun hududi obod bo‘layotgan go‘shalar qatorida Angor tumanidagi Gilambop, Bandixon tumanidagi Polvontosh, Boysun tumanidagi Gaza, Jarqo‘rg‘on tumanidagi Nurli diyor, Qiziriq tumanidagi Bog‘iston, Sho‘rchi tumanidagi Baxshitepa-1 kabi mahallalar ham bor. Bu ishlarning barchasi yurtimizda xalq xizmatiga oliy qadriyat, inson qadrini ulug‘lashga yuksak fazilat sifatida qaraydigan adolatli va zamonaviy davlat barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidir.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |