Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili asosidagi muhim sa’y-harakatlar mamlakatimizning eng chekka va olis hududlari aholisiga qulay sharoit yaratish borasida o‘z samarasini bermoqda.
Joylarda keng ko‘lamli ishlarning amalga oshirilishi tufayli rejadagi har bir mahalla, har bir xonadon xatlovdan o‘tkazilib, manzillar qiyofasi tubdan o‘zgartirilib, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lmoqda. Ayniqsa, oilalarning turmush madaniyatini yuksaltirish, xonadon egalarini toza va ozoda, saranjom-sarishta yashashga o‘rgatish, ko‘cha va mahallalarni obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida har bir xonadon, ko‘cha va mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Piskent tumanida bo‘lib dastur va loyihalar asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi va tanqidiy baho berdi. Avvalo, tuman markazida joylashgan dehqon bozoridagi tartibsizliklarni bartaraf qilish, sotuvchi va xaridorlarga qulay sharoit yaratish borasida tavsiyalar berdi. Bozor atrofidagi tadbirkorlarning katta yo‘l yoqasiga mahsulotlar qo‘yib sotayotgani, ayniqsa, go‘sht mahsulotlarining minglab avtomobillar o‘tadigan yo‘l bo‘yida sotilayotgani e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. “Salomatlik yo‘laklari” atrofini yo‘nalishdagi taksi haydovchilarining ayrimlari o‘zlariga muntazam avtotransport qo‘yadigan joy qilib olgani ham tanqid qilindi.
Viloyat rahbari tumandagi “Yoshlar bog‘i”, Birlik mahallasi, “Yangi O‘zbekiston” massividagi qo‘p qavatli turar joy binolaridagi ahvol, G‘ayrat mahallasidagi tomorqachilar faoliyatini o‘rgandi. Kuzatuvlar davomida ayrim xonadonlar shu kungacha ekin ekish u yoqda tursin, hatto yerini haydab, chopib, ekishga tayyorlab qo‘ymagani, yo‘l yoqalari o‘t bosib yotgani aniqlandi.
Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Navbahor” MFY hududida 16 ta ko‘chadagi 786 ta oila xatlovdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, so‘rovnoma asosida 659 ta xonadonda ta’mirlash bo‘yicha 1 ming 195 ta kamchilik aniqlangan bo‘lib, shu paytgacha 496 tasi bartaraf etilgan. Mahalladagi qabriston aholi va tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishtirokida ommaviy hashar yo‘li bilan obod qilindi. Hudud markazida yangi bog‘cha va mahalla binosini qurish ishlari boshlandi. Yo‘l-transport infratuzilmasi va muhandislik- kommunikatsiya tizimini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Oydin va Yangi qo‘rg‘on ko‘chalari shag‘al qilindi. Toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha yana 4 ta ko‘chaga jami 5,1 kilometr masofada ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, suv minorasi qurilmoqda. Shuningdek, 20 kilometr havo tarmog‘i va 465 ta beton ustun o‘rnatish hamda 2 ta elektr transformatorini ta’mirlash rejalashtirilgan.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘yicha mahallada 124 nafar ishsiz fuqaro aniqlangan. Ular uchun “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazilib, tuman markazidagi korxonalar ishtirokida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar taklif qilindi.
Yangiyo‘l tumanining Niyozboshi mahallasida istiqomat qilayotgan 743 ta oilaga munosib turmush sharoiti yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal sohadagi ishlar jadal amalga oshirilmoqda. Xususan, bu mahallaning 5 ta ko‘chasida 6,7 kilometr yo‘llar asfaltlanib, 8 ta transformator, 90 ta yangi temir-beton ustun o‘rnatiladi. Bolalar o‘yingohi va mini stadion, kutubxona tashkil etiladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |