Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Buxoro viloyati Shofirkon tumani mahallalarida aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etmoqda.
Xususan, bunday ochiq muloqotlar tumanning Talisafed, Guliston, Temirchi, Boboato kabi mahallalarida sektor rahbarlari, jamoat faollari, ilg‘or tadbirkorlar hamda ishsiz aholi vakillari jalb qilingan holda tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilariga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joylarda Sayxunobod va Uychi tajribalari asosida aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, tomorqadan unumli foydalanish kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar borasida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar o‘z bilim va malakalari bilan o‘rtoqlashib, qo‘shimcha daromad topish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari borasida batafsil to‘xtalib o‘tishdi. Jumladan, «Livadiya-Bukhara» MCHJ tomonidan taqdim qilinayotgan mevalarni quritish dastgohlari yordamida 20 xildan ziyod quruq meva mahsulotlarini tayyorlash, tomorqalarda bozorbop mahsulotlar yetishtirish yoki har bir xonadonda qo‘ziqorin hosilini olish mumkinligi ishtirokchilarga aniq misollar bilan ko‘rsatib berildi.
Seminar doirasida ishtirokchilar Temirchi mahallasining Boylar qishlog‘ida yashovchi Mardon Hamroyev xonadonida bo‘lib, uning erishgan natijalari bilan yaqindan tanishdilar. U tomorqadan samarali foydalanish borasida yetarli tajriba to‘plagan dehqonlardan hisoblanadi. Mardon aka dehqonchilik va chorvachilikni ham yo‘lga qo‘yib, ro‘zg‘orining ta’minotidan tashqari yaxshigina daromad olishga erishib kelmoqda.
Bundan tashqari, ishtirokchilar Talija qishlog‘idagi hunarmandchilik tarmog‘ida uzoq yillardan buyon mehnat faoliyatini yuritayotgan chevar kashtado‘z Muhabbat Qo‘chqorova xonadoniga ham borishdi. Kashtado‘z ayol ko‘p sonli shogirdlari qatorida bugun xorijdan mehnat migratsiyasidan qaytgan xotin-qizlarga hunar sirlari o‘rgatib kelmoqda. Xonadon bekasi bilan muloqotda yuzdan ortiq shogirdga ega bo‘lgan mohir kashtado‘z faoliyatini yanada kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, ba’zi nochor oilalarga daromad manbaini yaratishga doir taklif va tavsiyalar berildi.
Bu boradagi ma’lumotlarga nazar solsak, ayni kunda viloyat miqyosida migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar soni 1415 nafarni tashkil etmoqda. Hozirda chekka tumanning Bog‘iafzal, Pashmon, Chuqurak, Hovlipoyon, Jo‘yrabod, Savrak kabi qishloqlarida ham xorijda ishlab qaytgan ayollar kasanachilik asosida buyurtmalarni uyida tikib, tayyorlab, mehnatiga yarasha foyda olmoqda.
Ochiq muloqotlar davomida tikuvchilik, qishloq jo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»dagi 10 dan ortiq fuqaroning istak va talablariga ko‘ra Xalq qabulxonasi ko‘magida ularga kerakli asbob-uskuna va maxsus texnika vositalari yetkazib berildi.
Shuningdek, hududdagi tajribali hunarmandlar va tadbirkorlarning taklifiga ko‘ra yana 20 nafar fuqaro ular bilan kasanachilik asosida tikuvchilik, kashtachilik, qo‘g‘irchoqlar yasash va tovuqchilik yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |