2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Uch avlod vakillari uchrashdi

Yangi Namangan tumanida joylashgan Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Yurt tinchligi – bebaho ne’mat” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Tadbir doirasida mard o‘g‘lonlarning ko‘rgazmali chiqishlari, milliy mahsulotlar namoyishi, bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi va “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

“Ustoz-shogird” an’analarini uyg‘unlashtirish, keksalarning boy tajribasini yosh avlodga ulashish maqsadida qaratilgan uchrashuvda ko‘p yillik hayot tajribasiga ega faxriylar, jamiyat rivojiga munosib ulush qo‘shayotgan o‘rta yosh avlod vakillari hamda shijoatli, iqtidorli yoshlar o‘zaro fikr almashdi, dildan suhbat qurdi.  

Bu kabi tadbirlar yoshlarga ma’naviy ozuqa ulashish bilan bir qatorda, uch avlod vakillarining o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.  

04.05.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar