Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda sud idoralari ham ishtirok etmoqda.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda Yangiyo‘l shahri, Zangiota, Yangiyo‘l, Chinoz va Quyi Chirchiq tumanlarida yashovchi fuqarolar murojaatlarini Toshkent viloyati prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyat sudi, Xalq qabulxonasi, departament, adliya, soliq hamda viloyat majburiy ijro va bojxona boshqarmalari rahbarlari atroflicha o‘rganib chiqishdi.
Xususan, viloyat sudlari raislari tomonidan sayyor qabulda jami 37 nafar fuqaro qabul qilindi. Ularning 19 nafari fuqarolik, 11 nafari jinoyat, 5 nafari iqtisodiy va 2 nafari ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarga oid masalalar bilan kelgan. Shu murojaatlarning 23 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va 14 tasi joyida ijobiy hal etildi.
– Mazkur sayyor qabulda anchadan buyon yig‘ilib qolgan muammoli masalalarga alohida e’tibor qaratildi, – deydi viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi bosh konsultanti Sherzod Xudoyberdiyev. – Ayniqsa, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda taqdimnoma (iltimosnoma)lar asosida jami 41 nafar mahkum o‘talmay qolgan ozodlikni cheklash va axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda 5 nafar fuqaroning foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun aliment puli undirilishi ta’minlandi.
Iqtisodiy sudlarda 8 nafar tadbirkorlik subyektining qonuniy huquq va manfaatlari tiklanib, ular foydasiga jami 397 million 220 ming 699 so‘m qarzdorlik undirilishi belgilandi.
Sayyor qabul jarayonida murojaatlari ijobiy hal etilgan jami 68 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga tashakkurnoma bildirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |