Mamlakatimizda uchinchi mustaqil hokimiyat bo‘g‘ini hisoblangan sud idoralari tomonidan odil sudlovni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, bir qatorda fuqarolarning sud-huquq masalalariga doir murojaatlarini o‘rganish hamda ularni qiynayotgan muammolarni ijobiy hal etishga ko‘maklashishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayni shu maqsadda Namanganda viloyat sudi tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida shahar va tumanlarda sayyor qabullar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, Namangan tumanidagi Katta Toshbuloq mahallasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi qabulda Namangan viloyati sudi raisi Alisher Usmonov ishtirok etib, aholining dolzarb murojaatlarini tingladi.
Sayyor qabulda 21 kishining jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ularning 17 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, to‘rtta murojaat shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.
E’tiborlisi shundaki, qabul doirasida o‘tkazilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tumani sudining sayyor sud majlisida probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslarning to‘qqiz nafari muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Masalan, huquqbuzarligi sababli axloq tuzatish ishlariga tortilgan fuqaro F. G‘. tayinlangan jazosining o‘tolmagan 1 yil 3 oyu 21 kunini yoki ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan fuqaro B. I. o‘talmagan 4 oyu 21 kunini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Namangan shahridagi Dashtbog‘ mahallasida tashkil etilgan mana shunday amaliy tadbir davomida 16 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularni hal etish choralari ko‘rildi. Mazkur sayyor qabul doirasida Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudining sayyor sud majlisi ham o‘tkazilib, unda nazorat ostidagi 11 nafar fuqaro shartli ravishda ozod qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |