Prezident topshirigʻiga asosan davlat rahbari maslahatchisi oʻrinbosari - Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan joylarda ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bandligini taminlash borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Prezident Xalq qabulxonasining "Murojaatdan daromadga" loyihasi doirasida Xorazm viloyatining Xazorasp, Shovot, Tuproqqalʼa hamda Yangibozor tumanlarida yashovchi deyarli 400 nafar murojaatchi ayollarning bandligini taʼminlashga erishildi. Murojaatlar Respublika ishchi guruhi tomonidan joylarda oʻrganilib, ularni ijobiy hal qilish choralari koʻrildi.
Masalan, Tuproqqalʼa tumanida Prezident Xalq qabulxonasiga qilingan murojaatlar asosida 15 ta mahallada istiqomat qiluvchi 115 nafar xotin-qizlarga maqsadli ravishda besh yuz million soʻm moliyaviy yordam ajratildi. Shulardan, 113 nafar ishsiz ayollarga zamonaviy tikuv mashinalari xarid qilinib, kooperatsiya asosida yetakchi 10 nafar tadbirkorga biriktirildi. Shu orqali ularga tikuvchilik faoliyati bilan shugʻullanish, doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlari uchun imkoniyat yaratildi. Ikki nafar ehtiyojmand ayollarga goʻzallik saloni jihozlari olib berildi.
Tuproqqalʼa tumanidagi "Saidlar" MFYda istiqomat qiluvchi 6 nafar ishsiz xotin-qizlarga tikuv mashinalari olib berilib, tikuvchilik xunari bilan shugʻullanib kelayotgan tadbirkor Yorqinoy Razzoqovaga biriktirildi. Xususan, Shaydo Xudoyberganovaning doimiy daromad manbai boʻlmagan. Endilikda uning ham bandligi taʼminlandi.
Tumanning "Soyopir" MFYda yashovchi Dilrabo Ismoilova va u bilan birga yana 11 nafar xotin-qizlarga ajratilgan tikuv mashinalari ularni bandligini taminlashga xizmat qildi.
Gulruh Sharipova, Nasiba Sobirovalar ham shu paytgacha ishsizlikdan qiynalib kelayotgan edilar. Chevar boʻlishga ishtiyoqi boru, ammo tikuv mashinasi olishga imkoniyati boʻlmagan bu ayollar ham endi tajribali tadbirkor, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirayotgan Norjon Iskandarovaga kooperatsiya asosida faoliyat yuritish uchun biriktirib berildi.
Shu oʻrinda aytish lozimki, Tuproqqalʼa tumanining eng olis hududi hisoblangan "Sarimoy" MFYdan 20 nafar, "Navbahor " MFYdan 14 nafar, band boʻlmagan xotin-qizlarga shu zaylda tikuv mashinalari berilib, jami, 34 nafarini ish bilan taminlashga erishildi.
Zamira Boltayeva boquvchisini yoʻqotgan ijtimoiiy himoyaga muhtoj ayollardan biri. U Prezident Xalq qabulxonasiga ishlab daromad topish istagi borligini bildirib, bu borada amaliy koʻmak soʻragan edi. Murojaati qanoatlantirilib, yangi tikuv mashinasi ajratildi hamda mahallasidagi chevar Dunyo Boyjonovaga biriktirib berildi. Shu kabi 13 nafar ishsiz xotin-qizlarga tikuv mashinasi ajratildi. Endi ular ham doimiy daromadga erishishi uchun harakat qila boshladilar.
Yangibozor tumanida ham Prezident Xalq qabulxonasining ushbu xayrli tashabbusi orqali 30 ta mahalladan 113 nafar xotin-qizlar doimiy daromad topish imkoniyatiga ega boʻldilar. Ularning 35 nafari migratsiyadan qaytganlar, 48 nafari "Ayollar daftari"ga kiritilganlar, 14 nafari "Yoshlar daftari"ga kiritilgan, 16 nafari ijtimoiy himoyaga muxtoj ayollar. Ular katta tajribaga ega boʻlgan 31 nafar tadbirkor ayollarga kooperatsiya asosida biriktirildi.
Yangibozor tumanining "Doʻstlik" MFYda yashovchi Qirmizi Masilova ham bandlik masalasida murojaat qilganlarning biri. Oʻrganishlarda uning oilaviy ahvoli ogʻir ekanligi maʼlum boʻlgach, tikuvchilikka oʻquvi borligini inobatga olib, tikuv mashinasi berildi. Bu imkoniyat yana 2 nafar ayollarga berilib, ular ham tadbirkor Shodiya Qoʻshjonovaga biriktirildi.
"Murojaatdan daromadga” loyihasining dastlabki bosqichida bandligi taʼminlanmagan ogʻir sharoitdagi xotin-qizlarni kooperatsiya asosida ishlab daromad topishlariga imkoniyat yaratilgan boʻlsa, keyinchalik ular orasidan tadbirkorlikka qobiliyati borlari oʻz oilaviy korxonasini tashkil etilishiga yordam beriladi. Xalq bilan muloqotning yangi tizimi shu mexanizm asosida bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |