2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul va adolatli yechimlar

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida Oliy sud raisining o‘rinbosari Shuhrat Polvonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi.

Tadbir davomida 32 nafar fuqaroning sud-huquq sohasiga oid turli mazmundagi murojaatlari o‘rganib chiqildi.

Jumladan, murojaatchilarning 19 nafariga jinoyat ishlari bo‘yicha, 10 nafariga fuqarolik masalalari yuzasidan hamda 3 nafariga iqtisodiy yo‘nalishda huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, IIB probatsiya guruhi hisobidagi 14 nafar mahkum murojaatlari joyida o‘rganilib, barchasi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilindi.

Shuningdek, bir guruh fuqarolarning noqonuniy qurilgan bino-inshootlarini buzdirish haqidagi murojaati yuzasidan Marg‘ilon shahriga borib, holatlar joyida o‘rganildi.

30.05.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar