Do‘stlik tumanidagi Madaniyat saroyi binosida Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning sud-huquq sohasidagi murojaatlarini tinglash, o‘rganish, zarur huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida Jizzax viloyat sudlari tomonidan Do‘stlik, Mirzacho‘l hamda Arnasoy tumanlari aholisi uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Jizzax viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sayyor qabulda viloyat sudlari, sektorlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi.
– Bu kabi sayyor qabullar eng avvalo inson manfaatlari uchun xizmat qilayotganini amalda namoyon etish, adolatli sud tamoyilini fuqarolarimiz to‘la-to‘kis his etishlarini ta’minlashga qaratilgan, – deydi Jizzax viloyati sudi raisi Akram Shukurov. – Aholi bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash, bu muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish, ularning adolat tantana qilishiga bo‘lgan ishonchini hosil qilish eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimizni yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning farovon hayot kechirishlari, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi shart va zarur. Bu har bir rahbarning asosiy maqsadi va burchi bo‘lmog‘i lozim.
O‘tkazilgan sayyor qabulda viloyat sudlari raislari hamda o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Bunday sayyor qabullar fuqarolarning sohaga doir murojaatlarini o‘rganish, tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, sudlar tomonidan shu yo‘nalishda tizimli ishlarni olib borish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |