Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev boshchiligidagi ishchi guruhi Buxoro viloyatida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, eksport prognozi va investitsiya dasturlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda.
Viloyatning joriy yil uchun belgilangan hududiy investitsiya dasturi doirasida 11 ta tadbirkorlik sub’ektiga loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklaridan 13 milliard so‘m kredit ajratildi. 8 ta loyihalar kommunikatsiya tarmoqlariga ulandi.
Misol uchun, “Dildora Dilobar” MCHJga tibbiy uskunalar sotib olish maqsadida “O‘zmilliy bank” AJ viloyat filialidan 520 million so‘m, "Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti" MCHJga ma’muriy bino sotib olish maqsadida “Asaka bank” AJ viloyat filialidan 1,2 milliard so‘m kredit ajratildi.
Shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokida Qorovulbozor tumanida “Buxara Real Moto” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan yuk mototsikllari ishlab chiqarishni kengaytirish hamda “Buxoro agroklaster chorva” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy chorvachilik kompleksini tashkil etish loyihalari joyiga chiqib o‘rganildi. Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 500 ga yaqin ish o‘rni yaratilishi va yiliga 5 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi belgilangan.
O‘rganishlar dpvomida loyihalarni ishga tushirish jarayonini tezlashtirish, tashabbuskorlarning bojxona va loyihani moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalarini ijobiy hal etish borasida mas’ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi. Bu borada o‘rganishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |