2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orolbo‘yida «mahalla yettiligi» uchun seminarlar tashkil etilmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida Davlat boshqaruvi, Huquqni muhofaza qilish, Ichki ishlar vazirligi akademiyalari, Jamoat xavfsizligi universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan mahallalarda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, jinoyatchilikni kamaytirish mavzusida o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

Orolbo‘yidagi 16 ta tuman-shahar sektorlari rahbarlari va 400 dan ziyod mahalla «yettilik»lari ishtirok etayotgan seminarlardan asosiy maqsad – aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, sektorlar rahbarlari va «mahalla yettilik»lari faoliyati samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

Murojaatlar bilan ishlash, ariza-shikoyatlarga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va hal qilish seminarlarning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga joriy yilning yarmida Orolbo‘yi aholisidan 31 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ularning qariyb 20 mingdan ziyodi qanoatlantirilgan.  

Murojaatlarning katta qismi moddiy yordam ajratish masalasida ekani ham aholi bandligini ta’minlash, daromadini oshirishni taqozo etadi. Shu bois mazkur seminarlar Sayxunobod, Uychi, G‘ijduvon tajribalari asosida hududlarni sanoatlashtirish, aholi bandligini ta’minlash, kam daromadli xonadonlarga 7 xil loyiha paketlarini taqdim qilish, «mijozbay» ishlash mexanizmini joriy etish orqali banklar faoliyatini jonlantirish kabi mavzularni qamradi.  

Shuningdek, «mahalla byudjeti»ni shakllantirib, samarali boshqarish, sektor rahbarlari, «mahalla yettilik»lari faoliyatining samaradorligi xususida so‘z bordi.

Nazariy mashg‘ulotlar o‘z o‘rnida amaliyot bilan uyg‘un olib borildi. Deylik, Taxtako‘pirning Dovqara, Xo‘jaylidagi Kun nuri, Beruniy tumanining Bunyodkor, Sarkop kabi mahallalaridagi muloqotlarda mazkur hududlardagi ariza-shikoyatlarga sabab bo‘layotgan masalalar joyida aniqlanib, sektorlar rahbarlari va «mahalla yettilik»lari bilan birga ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Bu kabi o‘quv-amaliy seminarlar boshqa viloyatlarda ham tashkil qilindi. Natijada ularda jami 51 tuman-shahar sektorlari rahbarlari va 1 960 ta «mahalla yettilik»lari qamrab olindi.

02.07.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar