2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tog‘liklarni qiynab kelayotgan muammolar hal etildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan Sarchashma, G‘elon, Hisorak, Sayyod kabi qishloqlar qorli tog‘lar bag‘ridagi so‘lim go‘shalarda joylashgan. Ona tabiatning o‘zi bu o‘lkalarga o‘zgacha husn bag‘ishlagan.

Kuni kecha Qashqadaryo viloyat hokimi M.Azimov boshchiligida viloyatdagi barcha soha va tashkilot rahbarlari tumanning Sarchashma mahallasiga tashrif buyurdi. Mahalladagi  57-maktab hududida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.  

Sayyor qabulda Shahrisabz tumanidagi Sarchashma, G‘elon, Hisorak, Sayyod kabi mahallalardan kelgan jami 300 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, 130 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Murojaatlarning 110 tasi joyida qanoatlantirildi. 21 ta murojaatni hal etish qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etgani bois mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatma berilib, ijrosi nazoratga olindi.  

Jumladan, “Sarchashma” MFY hududidagi 57-sonli maktab filialida ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Shu kunning o‘zida qishloqqa 2 dona transformator va 200 dona beton ustun olib kelindi va o‘rnatish ishlari boshlandi. 100 dona maishiy gaz ballon keltirilib, ehtiyoji bor 83 nafar fuqaroga tarqatildi.  

Ta’kidlash lozimki, davlatimiz rahbarining 2023 yil 28 noyabrdagi tegishli qarori bilan Shahrisabz tumanida “Shahrisabz turistik markazi” tashkil etilgan. Belgilangan rejaga muvofiq hududga xorijiy investorlarni jalb etgan holda Shahrisabz tumani G‘elon va Sarchashma qishloqlari orasida 3 ming gektarli tog‘-chang‘i majmuasi barpo qilinadi. 33 kilometrli Hisorak-G‘elon va Hisorak-Sarchashma yo‘li kengaytirib, ta’mirlanadi. Albatta, bularning barchasi viloyatda turizm salohiyatini oshirishga, bu orqali yangi sayyohlik maskanlarini tashkil etishga, natijada esa aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Sayyor qabul davomida hududda turizm ob’ekti sifatida ko‘plab uy mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish joylari va turli turizm yo‘nalishlari tashkil qilinib, ikki mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi ta’kidlandi.  

– Viloyat hokimi boshchiligida barcha rahbarlarning qishlog‘imizga kelib, muammolarimizni tinglagani bizni xursand qildi, – deydi sarchashmalik Laylo Do‘stova. – Ayniqsa, qishlog‘imiz xotin-qizlari ro‘zg‘or tashvishlari bilan o‘ralashib qolgan. Biz ham biror ish yoki hunar bilan shug‘ullanishni istaymiz. Sayyor qabul davomida shu muammo ham ko‘tarildi. Kasanachilik asosida milliy kashtachilik mahsulotlarini tayyorlaydigan bo‘ldik.    

Sayyor qabul doirasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etildi. Shuningdek, 84 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda zaruriy dori-darmonlar bilan ta’minlandi.  

Mutasaddilarga mahalla aholisini viloyat teatrlariga tashrifini tashkil etish, nuroniy otaxon va onaxonlarni respublikamizning qadimiy shaharlariga sayohatga olib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.  

– Qishlog‘imiz tog‘li hududda joylashgan bo‘lsada, ichimlik suvidan keyingi yillarda qiynalib qoldik, – deydi Rahmonqul bobo Elov. – Mavjud suv minorasi eskirgan va talab darajasida suv yetkazib berolmayotgan edi. Suv minorasi yangilanadigan bo‘ldi. Bundan bir ikki yil avval qishlog‘imizga yengil mashinada yetib kelish haqiqiy muammo edi. Mana yo‘llarimiz yaxshilanib, ichki yo‘llarimizgacha asfaltlanmoqda. Bugungi qabul davomida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Qurilish ta’mirlash ishlari bir pastda boshlanib ketdi.    

Ijobiy hal etilishi va qo‘shimcha muddat talab etadigan ichki yo‘llarni ta’mirlash, transformator va temir-beton ustunlar o‘rnatib berish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash kabi masalalarni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.  

Shu kuni Sarchashma qishlog‘idagi 57-maktabga hamkor tashkilotlar tomonidan olib kelingan badiiy adabiyotlar jamlanmasi topshirildi.  

Sayyor qabul bayram dasturiga ulanib ketdi. Viloyatdan tashrif buyurgan bir guruh san’atkorlar ishtirokida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchani xursand qildi.  

03.07.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar