Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida ham xotin-qizlarni iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka keng jalb qilish borasida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida har bir maqsad va uni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar fuqarolarning, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxshilash, imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash, ularning farovon hayot kechirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ayollar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga Sirdaryo viloyatida ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori buning yorqin misolidir. Ushbu qarorda 2024-2025 yillarda tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagani bildirgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqilishi nazarda tutilgan. Tumanda har bir mahalla kesimida tashabbuskor xotin-qizlarning biznes loyihalarini ishlab chiqish, mahallalarda ularni tadbirkorlikka o‘qitish, kooperatsiya asosida loyihalarni amalga oshirish va albatta, uchrashuvlar o‘tkazish kabi bir qator samarali ishlar tashkil qilinmoqda.
Dasturni shakllantirish, unga kiritilgan loyihalarga kredit mablag‘lari ajratish bo‘yicha tumanda 355 nafar xotin-qizga qariyb 4 milliard 500 million so‘m AT “Xalq banki”, ATB “Mikrokreditbank” hamda ATB “Biznesni rivojlantirish banki”ga ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirildi.
Shuningdek, 1,5 ming xotin-qizning kasb-hunarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 782 nafar xotin-qiz kasbiy bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ldi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |