Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan sayyor tartibda davlat xizmatlarini ko‘rsatish orqali fuqarolarning muammolariga yechim topilmoqda.
Xususan, Chust tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari Yutmas mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida suhbatlashdi va mahalla ahliga sayyor xizmat ko‘rsatildi. Unda 40 nafarga yaqin kishi farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish, elektr energiyasi, suv tarmog‘iga ulanish kabi davlat xizmatlaridan foydalandi.
Shuningdek, Uchqo‘rg‘on tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazdan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Yangiobod, Ozod va Obod mahallalari aholisiga sayyor xizmat ko‘rsatildi. Hodimlar tomonidan fuqarolarga bolalarni bog‘chasiga joylashtirish, kam ta’minlanganlik, deb e’tirof etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma olish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga nafaqa tayinlash kabi 30 dan ortiq davlat xizmati ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, fuqarolarga yoshga doir pensiya va nafaqaga chiqish, kadastr pasportini shakllantirish va boshqa davlat xizmatlari haqida tushunchalar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |