2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda murojaatlar ijobiy hal etildi

Xatirchi tumanida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi rahbari Qahramon Rajabov va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Nurali Safoyev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xalqning dardu tashvishlarini o‘z vaqtida o‘rganib, ijobiy hal etish ustuvor ahamiyatga aylanib ulgurdi.  

Tumanning Bog‘ishamol mahallasida tashkil etilgan qabulda fuqarolarning tibbiy-ijtimoiy muassasalarda davolanishi va reabilitatsiya dasturini o‘tash uchun yo‘llanma berish, sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordam ajratish, protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash, nogironlikni belgilash masalalariga doir 30 dan ziyod murojaati tinglanib, ularni qonun doirasida hal etish choralari belgilandi. 

–Mirishkor mahallasida istiqomat qilaman, – deydi N.To‘qsonova. – Sayyor qabul bo‘layotganligini eshitib keldim. Oilamizda nogiron farzandim bor. Unga elektr yuritmali aravacha ajratish masalasida murojaat qilgan edim. Murojaatim ijobiy hal etildi. Xursandman

Tumanning olis mahallalaridan biri Ko‘ksaroy mahallasida tashkil etilgan sayyor qabulda esa 18 ta murojaat qabul qilindi.

Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining muammolari xonadonlariga borgan holda ham o‘rganildi.

Albatta, sayyor qabulda tinglangan har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi. Muammolarni o‘rganishga ana shu nuqtai nazardan yondashilib, fuqarolarning murojaatlarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi. Vaqt va mablag‘ talab etadigan muammolar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, nazoratga olindi.

22.08.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar