2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Islom Karimov xotirasi hamisha yodda

2-sentyabr kuni davlat tashkilotlari vakillari, Toshkent shahri jamoatchiligi Islom Karimovni yod etish uchun yig‘ildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Islom Karimov mamlakatimiz mustaqilligini e’lon qilgan va uni taraqqiyot yo‘liga olib chiqqan yetakchidir. Davlatimiz rahbari Mustaqillik bayramidagi nutqida buning tarixiy ahamiyatini alohida ta’kidladi:

"Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. O‘zbekiston yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladik".

Shunday qutlug‘ kunda davlatimiz mustaqilligi uchun kurashgan va unga xizmatlari singgan vatanparvar insonlar xotirasini minnatdorlik bilan yodga olishimiz tabiiydir. Birinchi Prezidentimiz tarixning tub burilish pallasida, og‘ir davrda mamlakatimizga rahbarlik qilgan edi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Qur’on tilovat qilindi. Birinchi Prezidentimizning yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, aholi turmushini yaxshilash borasidagi xizmatlari yodga olindi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham Birinchi Prezidentimiz haykaliga gullar qo‘ydi.

Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi.

02.09.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar