Ijtimoiy himoya milliy agentligi respublika ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida yakka yolg‘iz va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi va ularning muammolari tinglandi.
Ta’kidlash kerak, aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aniq chora-tadbirlar asosida hududlarda uyma-uy yurish orqali ham murojaatlar o‘z yechimini topmoqda.
Ishchi guruh viloyat markazidan 195 kilometr uzoqlikdagi Machay qishlog‘i va uning atrofidagi qishloqlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan suhbatda bo‘lib, ularni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratdi. Murojaatlarning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi.
O‘rganishlar viloyatning barcha tumanlarini qamrab oldi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |