Jamiyat hayotida insonlar yashash tarzidan kelib chiqib ko‘plab muammolarga duch keladi. Muammolarni hal qilish borasidagi ishonchli va shaffof yo‘l bu sayyor qabullardir. Bu borada Buxoro viloyatining 20 ta mahallasida sayyor qabullar tashkil etildi.
Jumladan, eng ko‘p murojaat kelib tushgan mahallalarda respublika ishchi guruhi a’zolari, viloyat va tuman (shahar) sektor rahbarlari va mas’ullar tomonidan 254 marotaba sayyor qabul o‘tkazildi.
– Sayyor qabullar davomida 1 368 nafar fuqarodan 1 435 ta masalaga oid murojaat kelib tushdi. Shundan 588 tasi ijobiy hal etildi, – deydi viloyat Xalq qabulxonasi mutaxassisi Temur Isoyev. – 43 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. 5 tasi rad etildi va 2 tasi uzoq muddatli nazoratga olindi. 768 ta murojaat mablag‘ va muddat talab etganligi sababli doimiy kuzatuvda bo‘ladi.
Sayyor qabullar davomida 191 nafar fuqaroga ijtimoiy ahvolini yaxshilash uchun 53 million so‘m moddiy yordam, 87 nafar fuqaroga 1,4 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratildi. 38 nafar fuqaro ishga joylashtirildi hamda 30 nafar fuqaro Davlat rahbari nomiga yozma ravishda minnatdorchilik bildirdi. 29 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida yer maydonlari ajratilgan bo‘lsa, 24 nafar fuqaroga davolanishi uchun yo‘llanma berildi. 19 nafar fuqaroga tikuv mashinalari berildi va 3 nafar fuqaroga davolanishi uchun 15,2 million so‘mlik moddiy yordam ajratildi.
– Tikuvchilik faoliyatimni boshlash uchun imtiyozli kredit so‘rab murojaat qilgan edim, – deydi G‘ijduvon tuman “Ulfatbibi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Rushana Nusratova. – Murojaatim joyida hal etildi va 4,8 million so‘mlik kredit ajratildi.
Shuningdek, fuqaro Muattar Qurbonovaning murojaati ijobiy hal etilib, unga 1 dona nogironlik aravachasi berildi.
– Sayyor qabulda nogironlik aravachasi so‘rab murojaat qilgandim, –deydi Qorako‘l tumani Shakarbek mahallasida yashovchi fuqaro Zaynura Qurbonova. Murojaatim ijobiy hal etildi va menga aravacha va qaynotam, qaynonamga ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Zero, xalq bilan muloqot, ularning tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda va farovon hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |