2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Volontyorlar loyihalari ommalashmoqda

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan eng yaxshi volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish maqsadida e’lon qilingan navbatdagi tanlovda Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan volontyor yoshlar faol qatnashdi.

Jumladan, ular orasidan yettita eng munosib volontyorlik loyihasini moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan jami 228 million 700 ming so‘m ajratildi. Ushbu mablag‘larga volontyor yoshlar faoliyati uchun zarur bo‘lgan texnikalar olib berilishi ko‘zda tutilgan edi.

Shu munosabat bilan Nurafshon shahrida tashkil etilgan tadbirda g‘olib yoshlarga zarur jihozlar topshirildi.

Ta’kidlash lozimki, Toshkent viloyatida  volontyorlik faoliyati ancha ommalashdi. Mazkur yo‘nalishga 3 ming nafardan ortiq ko‘ngilli yoshlar jalb qilingan. Ular tomonidan yolg‘iz keksalarga ko‘maklashish, hududlar obodligini saqlash va chiqindilardan tozalash, mahallalardagi uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish kabi xayrli ishlar qilinmoqda.

– Volontyorlik faoliyatiga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar olinadi, – deydi Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi Sardorbek Otabekov. – Aslida hududimizda bu kabi yoshlar ko‘pligidan faxrlanamiz. Ularning sa’y-harakatlari bilan yil davomida juda ko‘p xayrli ishlar qilinmoqda. Birgina, “Ezgulikda birlashaylik” loyihasi doirasida Qibray tumanidagi 15 nafar xotin-qizga tikuvchilikni o‘rgatish rejalashtirilgan. Buning uchun tashkilotchilar tomonidan zamonaviy tikuv dastgohlari ham olib berildi. Prezidentimizning xotin-qizlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, qolaversa milliy hunarmandchilikni har tomonlama rivojlantirish borasidagi qaror va ko‘rsatmalari viloyat volontyorlariga ham bu yo‘nalishda tashabbus qilishga turtki berdi.  

Bundan tashqari, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlar volontyorlari loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur yo‘nalishda har bir tuman-shahardan o‘n nafardan ko‘ngilli yoshlar o‘qitilib, maxsus guruhlar shakllantirilmoqda.

08.09.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar