2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi muammolari doimiy e’tiborda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni joyiga borib ko‘rish maqsadida Chimboy tumanidagi “Tag‘jap” hamda “Keңes” ovul fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, aholi bilan yaqindan muloqot qildi.

Prezidentimiz raisligida 11 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokama qilindi va kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi bildirildi.  

Yig‘ilishda ta’kidlaganidek, kambag‘allikni faqat pul tarqatish, nafaqa to‘lash bilan hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun kambag‘al oila a’zolarini o‘qitish, kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash muhim.

Ta’kidlash joizki, fuqarolar tomonidan o‘tgan uchrashuvda ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash borasida bildirilgan murojaatlar bugungi kunga kelib bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda. Muloqot davomida ular tomonidan bildirilgan muammolar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi hamda vaqt talab etadiganlari bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga aniq topshiriq berildi.  

Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tuman dehqon bozoridagi ishlar bilan yaqindan tanishib, bozor hududida infratuzilmani yanada yaxshilash, sotuvchilar va xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Tuman dehqon bozori hududida bugungi kunda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish  borasida barcha qulayliklarga ega yirik yopiq savdo majmuasi qurilishi davom etmoqda. Jami 30 milliard so‘mlik loyiha doirasida ko‘p qavatli savdo majmuasi, avtoturargoh va boshqa qulayliklar barpo qilinadi.

Tanishish davomida qurilish ishlarini jadallashtirish va loyiha tashabbuskorlariga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli soha mas’ullariga topshiriq berildi.

14.09.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar