2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul: aholi muammolari hal etilmoqda

Buxoro viloyati 4-sektor rahbari D.Yuldashev hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga joyida yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazmoqda.

Jumladan, Vobkent tumani “Ko‘lodina” mahalla fuqarolari yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda mahalla yettiligi, tuman xalq qabulxonasi hamda tegishli tashkilot vakillari qatnashdi. Unda fuqarolar tomonidan turli ijtimoiy masalalar yuzasidan 15 ga yaqin murojaatlar o‘rganildi.

– Sektor rahbariga sog‘ligimni tiklash maqsadida dori-darmonga muhtojligimni so‘rab murojaat qilgandim, murojaatim shu yerning o‘zida ijobiy yechim topdi va kerakli dori-darmon vositalari yetkazib berildi, – deydi Ko‘lodina mahallasida yashovchi Samiya Rashidova.

Qabul davomida o‘nga yaqin murojaat shu yerning o‘zida hal etildi. Ayrim murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganish yuzasidan mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.

18.09.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar