2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ichki yo‘llar ravon bo‘lmoqda

Qaror va ijro

Yo‘llarning ravon bo‘lishi ham piyodalar ham haydovchilar uchun qulayliklarga yaratadi. Hozir mamlakatimizda magistral yo‘llar bilan birga ichki yo‘llarni ham asfaltlash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. 

O‘z navbatida fuqarolar tomonidan tegishli tashkilotlarga bo‘layotgan murojaatlarining aksariyati aynan yo‘llar bilan bog‘liq muammolardir. Bu o‘z navbatida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini yanada kengaytirishni talab etmoqda. 

Prezidentimizning 2023 yil 12 dekabrdagi “2024 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham mazkur sa’y-harakatlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 

Joriy yil boshidan beri tasdiqlangan davlat dasturlari bo‘yicha jami Toshkent viloyatining 127 ta mahallalarida 208,1 milliard so‘m miqdorida ishlar bajarilib, 342,4 kilometr uzunlikdagi yo‘llar foydalanishga topshirildi. Jumladan, Yangi O‘zbekiston massivlari dasturi doirasida 16,3 milliard so‘m miqdorida ishlar bajarildi. 

Ichki yo‘llarni ta’mirlash dasturi doirasida 5 ta mahallada 2,2 milliard so‘m miqdorida ishlar bajarilib, 2,9 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlandi. Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 23 ta mahallada jami 17,7 milliard so‘m miqdorida ishlar bajarilib, 19,9 kilometr ichki yo‘llar soz holatga keltirildi. 

Bundan tashqari, “Tashabbusli byudjet”ning 2024 yilning 1-bosqichi doirasida 80 ta mahallaning 245,1 kilometr ichki yo‘llari yangilandi. Shu bilan birga, hashar yo‘li bilan viloyat hududidagi ichki ko‘chalar shag‘allashtirildi. 

Toshkent viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi buyurtmachiligida Parkent tumani 4k718 “Shampan q. – Sanganak q.” avtomobil yo‘lining 1500-metr qismida va 4N703 “Parkent sh. – Samsarak q. – Otchopgan” avtomobil yo‘lining 4500-metr qismida asfalt-beton qoplamasi yotqizildi. Buning natijasida hududga keluvchi sayyohlar va mahalliy aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratildi. 

“Qorabo‘rik” mahalla fuqarolar yig‘ini Toshkent tumanidagi chekka hududlardan biri bo‘lib, Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh. Shu sababli, bu yerda qozoq millatiga mansub fuqarolar 35 foizni tashkil qiladi. 

– Bu yerdagi 14 ta ko‘cha mavjud, – deydi tuman hokimligi bosh maslahatchisi Bobur Davletov. – 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida Chinor-1, Chinor-6, Chinor-7, Jambul-1, Jambul-3, Jambul-5 va Qorabo‘rik ko‘chalarining jami 4,7 kilometr ichki yo‘li Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatlari qarori bilan ajratilgan ikki milliard so‘m mablag‘ evaziga asfaltlashtirildi. Umuman olganda, bu kabi ishlar boshqa joylarda ham davom etmoqda. 

Chinoz tumanidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ham bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, Hamza, Humo, A.Navoiy, Qozi, Eshonobod, Yangi hayot, Ochamayli, Navro‘z, Chinmasjid mahallalarning ichki yo‘llari ta’mirlandi. Ilgari chang va loy bo‘lgan yo‘llar hozirda keng va ravon holga keltirildi. Qilinayotgan bunyodkorlik ishlardan aholi ham mamnun bo‘lmoqda. 

19.09.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar