Keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari zamirida inson qadrini ulug‘lash, odamlarning og‘irini yengil qilish, turmush sharoitlarini yaxshilashdek ezgu va xayrli ishlar yotadi.
Ayniqsa, chekka-chekka mahallalarning obod maskanlarga aylanayotganligi, hududlarda tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suv ta’minoti yaxshilanib, yo‘llar ta’mirlanayotganligi yurtdoshlarimizni quvontirmoqda.
Ana shu kabi ibratli ishlar doirasida chekka-chekka mahallalar yo‘llarini ta’mirlash, asfaltlash borasida e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda. Buni Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Zarbuloq mahallasida olib borilayotgan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin.
– Bugungi kunda mahallamizda 3 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi, – deydi “Zarbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini Xotin-qizlar faoli Zarnigor Hasanova. – Mahallamiz aholisi ko‘p yillardan buyon ichki yo‘llarimizning nosozligidan, ya’ni yozda chang, qishda loy ekanligidan aziyat chekib kelar edi. Turli idoralarga murojaatlar qilingan, lekin masala hal bo‘lmay kelayotgan edi.
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan bugun ana shu muammo bartaraf etilmoqda, yo‘llarimiz obodonlashtirilib, asfaltlanmoqda.
Ayni kunlarda mazkur mahallaning Zardo‘z, Xotira va Oqtepa ko‘chalari Qo‘rg‘ontepa tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan maxsus texnikalar yordamida tekislanib, 1,5 kilometr qismi asfaltlanmoqda.
Tumandagi qator mahalla ko‘chalari ta’mirlanib, kundan-kunga obod maskanga aylanayotganligidan odamlar mamnun. Bu kabi xayrli ishlar fuqarolarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirmoqda, bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |