Mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirish, ishlab chiqarish mas’uliyatini kuchaytirish borasida jamoatchilik nazoratini ta’minlash, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Har bir fuqaro borki, o‘z huquqini, iste’mol madaniyatini bilib, joyi kelganda iste’molchilik haq-huquqlarini talab etishi zarur.
Olov insonlarni tsivilizatsiya sari ildam etaklagan unsur hisoblanadi.
Romitan tumani Xosa qishlog‘i 176-xonadonda yashovchi Ramazon Bozorovning O‘zbekiston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Buxoro viloyati hududiy birlashmasining ishonch telefoniga qilgan murojaatida ko‘rsatilishicha, u xonadonida tabiiy gaz yo‘qligidan noroziligini bildirdi.
Ariza yuzasidan Romitan tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda “Romitangaz” filiali xodimlari bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada iste’molchi istiqomat qiladigan Xosa qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi doirasida rekonstruktsiya ishlari olib borayotganligi, er ostidan o‘tuvchi quvurlar yaroqsiz holga kelganligi sababi aniqlandi. Eski quvurlar yangisiga almashtirilib, murojaat ijobiy hal qilindi.
O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |