2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabullar: asosiy e’tibor og‘ir hududlarga qaratilmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan joylarda aholi kayfiyatiga ta’sir qiluvchi muammolarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida barcha hududlar kesimida sektor rahbarlari, tashkilot va idora mas’ullari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Qabullarga hokimlar, aholidan eng ko‘p e’tirozlar kelib tushayotgan masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralar, sektorlar rahbarlari, hokim yordamchilari hamda mahalla raislari jalb etildi. Sayyor qabullarni o‘tkazishda asosan olis va chekka mahallalar hamda ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy muammolar ko‘p bo‘lgan «qizil» toifadagi hududlarga alohida e’tibor qaratildi.

Sentyabr oyida o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida jami 28 mingga yaqin fuqarodan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 15 mingdan ziyodining yechimi joyida topildi. Qo‘shimcha o‘rganishlar talab etiladigan 11,6 ming ariza-shikoyatlar bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Xususan, tezkorlik bilan hal etilgan murojaatlarning asosiy qismi gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti (3,7 ming), moddiy yordam va bolalar nafaqasi (1,7 ming), sog‘liqni saqlash sohasi (1,8 ming), tadbirkorlik va kredit ajratish (1,03 ming), bandlikni ta’minlash (1,1 ming), ichki yo‘llar holati (588), ichki ishlar idoralari faoliyati (227) hamda maktab va maktabgacha ta’lim (206) kabi qator sohalar bilan bog‘liq muammolar bo‘ldi.

O‘tkazilgan tadbirlar doirasida alohida huquq-tartibot idoralari rahbarlarining ham qabullari tashkil etildi. Fuqarolar buzilgan huquqlarini tiklash, ishga joylashish, uy-joyga egalik huquqini rasmiylashtirish, oila va nikoh, soliq va bank kreditlari masalalari yuzasidan tegishli organlar mas’ullariga murojaat qilib, muammolariga yechim topdilar. 

Jumladan, Oliy sud raisi o‘rinbosarlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida sud sohasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 404 nafar fuqaro qabul qilindi. 

Sayyor qabullarda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tayotgan mahkumlarning jazoni yengillashtirishni so‘rab qilgan murojaatlari joylarning o‘zida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqilib, murojaatlariga yechim topildi. 

Sayyor qabullar barcha hududlarda davom etmoqda.

27.09.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar