Davlatimiz rahbari bahorning ilk kunlarida Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida qator topshiriqlar bergandi.
Shundan kelib chiqqan holda Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev tashabbusi bilan joylarda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha “Murojaatdan daromadga 5 qadam” loyihasi boshlangan edi.
Joriy yilning o‘tgan davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Farg‘ona, Xorazm, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridagi 400 dan ziyod mahallada mazkur loyihaning ijrosi ta’minlandi. Unga ko‘ra 2 mingga yaqin murojaatchiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Xususan, Xorazm viloyati Shovot hamda Hazorasp tumanlarida istiqomat qiluvchi ishsiz ayollar bandligini ta’minlash maqsadida 170 nafariga zamonaviy tikuv mashinalari topshirilgan. O‘z tikuv mashinasiga ega bo‘lgan ayollar ishlab chiqarish hamda oilaviy korxonalarga kooperatsiya shaklida biriktirilgan. Xo‘sh, bu ishlarning natijasi qanday bo‘lyapti?
Misol uchun, yaqin-yaqingacha ishsiz bo‘lgan shovotlik Zulayho Safoyeva endilikda ayollar libosidan tortib bolalar uchun mo‘ljallangan kiyimlarni tikyapti, keyingi rejalarini esa aniq maqsadga aylantirgan. U milliy liboslarni tikib, xorijga eksport qilishni va Xivada xorijlik mehmonlarga sotishni yo‘lga qo‘ymoqda.
Yana bir tadbirkor Shovot tumaning Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi Ra’no Qalandarova ham yangi mashinalarni qabul qilgan ayollar bilan ish boshlagan. Kooperatsiya shakligidagi faoliyati natijasida ishlab chiqarish hajmi bir necha barobarga oshgan. Navbatdagi qadamini mahsulotlarni chet elga eksport qilishga qaratgan.
Ro‘zg‘orining kam-ko‘stini to‘ldirish, uyining qurilishini tugatish uchun Iqbol Rahimova turmush o‘rtog‘i bilan 6-7 yil davomida chet elda ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Yaqinlar diydori, farzandlar sog‘inchi uning qalbini o‘rtagan. Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan berilgan imkoniyat natijasida u o‘z mahallasida ishga, doimiy daromadga ega bo‘ldi.
Hunarning ortidan daromadli bo‘lish mumkin, ammo qo‘lida hunari bo‘la turib, ishni nimadan boshlashni bilmagan yoki ish quroli yo‘q ayollarga berilgan amaliy ko‘mak bugun ularning oyoqqa turishiga yordam berdi.
Masalan, Umida Ismoilova 5 nafar farzandning onasi, turmush o‘rtog‘i 2-guruh nogironi. “Murojaatdan daromadga 5 qadam” loyihasi tufayli bugun u nafaqat o‘zini, balki qo‘shni ayollarni ham daromadli ishga yo‘naltira oldi.
Bunday imkoniyatdan hazorasplik ayollar ham chetda qolmagan. Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar asosida 104 nafar ehtiyojmand ayolga tikuv mashinalari sovg‘a qilingan edi. 29 nafar tadbirkorga kooperatsiya asosida biriktirilgan ayollar bugun ham hunarli, ham daromadli bo‘lishdi.
Tadbirkor Matluba Sattorovaning tikuvchilik sexiga zamonaviy tikuv mashinalari o‘rnatilib, 8 nafar ishsiz ayolning bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, ushbu tikuvchilik korxonasiga “Ayollar daftari”da turuvchi 15 nafar xotin-qiz jalb etilib, ular ham ishli bo‘ldi.
Umuman olganda, ko‘rsatilgan yordam tufayli bugun oyoqqa turib, daromad topayotgan ayollar o‘z ishining ustasiga aylanmoqda.
Prezident Xalq qabulxonasining “Murojaatdan daromadga 5 qadam” loyihasi boshqa hududlarda ham davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |