Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida issiqlik manbai va gaz tarmoqlari, shuningdek, elektr stansiyalarining ishlash rejimi tahlillari asosida, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlariga elektr, tabiiy gaz va ichimlik suvini yetkazib berish holatining kuz-qish mavsumiga shayligi, energotejamkorlikni ta’minlash ishlari bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Jumladan, Buxoro shahridagi “Buxoroenergomarkaz” AJda “Markazlashgan issiqlik ta’minotini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida korxonada isitish tizimlari va qozonxonalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
Ushbu loyiha doirasida Latviyaning “Eco Air” va Qozog‘istonning “Kazenergonaladka” korxonalari 202 ta ko‘p qavatli uy-joylar va 32 ta ijtimoiy soha ob’ektlariga jami 264 dona individual issiqlik punktlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, pudratchi Xitoyning “China IPPR Engineering” kompaniyasi tomonidan 5,5 km bo‘lgan magistral issiqlik tarmoqlarini zamonaviy penopoleuretan qoplamali quvurlarga almashtiriladi. Qozonxona modernizatsiyasi shartnomasi bo‘yicha pudratchi O‘zbekistonning “Spets Polimer Montaj Sanatsiya” va Rossiyaning “VAPOR” kompaniyalari qozonxonada modernizatsiya ishlarini o‘tkazadi.
O‘rganishda, korxonani yuqori bosimli yangi gaz tarmog‘iga ulash va loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni tez fursatlarda bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |