Nohaqdan haqni ajratish uchun avvalo, barcha tomonni tinglash kerak. Haqiqat esa bahslarda tug‘iladi, muloqotlarda oydinlashadi. Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligida Toshkent viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil qilgan ommaviy qabullar ham bir haqiqatni yana bir bor isbotladi: javobsiz savol, yechimsiz masalaning o‘zi yo‘q.
Xususan, qabullarda Oliy sud mas’ullari ko‘rib chiqqan 81 ta masalaning 14 tasi qanoatlantirildi. Har bir ariza-shikoyat Oliy sud, viloyat sudi rahbarlari va murojaatchi ishtirokida ochiq-oshkora muhokama qilinib, hujjatlar sinchiklab ko‘rib chiqilayotgani adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan taqdimnoma (iltimosnoma)lar asosida axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolarini o‘tayotgan 201 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. 186 nafar mahkumning o‘talmay qolgan jazo muddati yengilrog‘iga almashtirildi, 41 nafar sudlanuvchi esa sud zalidan ozod etildi. Bir qator fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aliment undirish yuzasidan sud qarorlari chiqarildi. Shuningdek, jami 596 million 724 ming so‘m qarzdorlik fuqarolar foydasiga undirildi.
Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi mas’ullari bilan muloqotlarda turli masalalar o‘rganilib, joyida yechim topildi.
Jumladan, murojaatchilarning shikoyati asosida 236,6 million so‘mlik haqdorlik, ish haqi, 57 million so‘m aliment puli undirib berildi. O‘rganishlar natijasida ichki ishlar organlarining 13 ta qarori bekor qilindi, tadbirkorlarning elektr energiyasiga ulanish bilan bog‘liq masalasi hal etildi.
Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil qilingan qabullarda jami 232 ta masala ko‘rib chiqilib, 66 tasi ijobiy hal qilindi. Qo‘shimcha o‘rganish, vaqt talab qiladigan qolgan masalalar bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Bundan tashqari, joriy yilda Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga viloyat aholisidan kelib tushgan 723 ta jamoaviy murojaatdagi turli masalalar joyiga chiqilib, tegishli tashkilotlar va “mahalla yettiligi” bilan birga o‘rganilmoqda.
Qabullar barcha viloyatlarda davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |