2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholini kambag‘allikdan chiqarish – dolzarb vazifa

Yurtimizda mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 11 sentyabr kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazgan videoselektorda ham kambag‘allikni qisqartirishni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev muxbirimizga bu borada viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan chora-tadbirlar haqida quyidagilarni gapirib berdi:

- Bugungi kunda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi 330 ta mahalladagi 2 ming 723 ta kambag‘al oilaga 550 nafar rahbar xodim biriktirildi. Ayni paytda 256 ta mahalladagi 1 ming 407 ta oila va 10 ming 177 nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Bunda biriktirilgan mas’ullardan birinchi navbatda ushbu oilalar bilan tanishib, ularni kambag‘allik holatiga tushish sabablarini o‘rganish, ijtimoiy portretlarini shakllantirish va shu asosida ularga zarur bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish hamda yaratib berilgan mexanizmlardan foydalangan holda kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, viloyatimizdagi 169 ta mahalladagi 402 nafar tadbirkor ham 1 ming 960 ta kambag‘al oilalarga biriktirildi.  

Bugungi kunda viloyatda jami 28 ming 873 ta oila “Yagona ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan. Ushbu oilalarda 54 ming 364 nafar voyaga yetgan oila a’zosi istiqomat qilmoqda. Ulardan 17 ming 35 nafari doimiy ishda, 6 ming 814 nafari tomorqa va dehqon xo‘jaligida band bo‘lsada, oila a’zolariga jon boshiga hisoblanganda daromadi yetarli emas.  

Dastlabki olib borilgan o‘rganishlar natijasida yashash sharoiti yaxshi bo‘lgan 1 ming 966 ta oila aniqlanib, ularni reyestrdan chiqarish choralari ko‘rildi. 1 ming 412 ta reyestrga kirmagan kambag‘al oilalarni esa reyestrga kiritish choralari ko‘rilmoqda. Ayni paytda yashash sharoiti yaxshilanayotgan oilalar 6 ming 998 ta, daromadi past oilalar 13 ming 716 ta, ehtiyojmand oilalar 6 ming 189 tani tashkil etmoqda.  

Yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalangan holda biz oldimizga yil yakuniga qadar jami 10,2 ming nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish orqali kambag‘allik darajasini 5,7 foizga tushirishni ko‘zda tutganmiz. Bunda tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil qilinib, qishloq xo‘jaligi yerlaridan ajratilishi hisobiga 8 ming 733 nafar fuqaro bandligi ta’minlanadi. Xorijiy tillarni o‘rgatish orqali 1001 nafar aholi tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga yuboriladi. Sog‘ligida muammolar tufayli og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 379 nafar aholiga order asosida davolatish orqali yordam ko‘rsatiladi. Axborot texnologiyalari yo‘nalishida 200 nafar kambag‘al oila farzandi o‘qitilib, noutbuk bilan ta’minlash orqali band qilinadi.

Biriktirilgan rahbar va xodimlar tomonidan oilalar holati o‘rganilganda, oilalarda 1 ming 764 ta ishga joylashtirish, 501 ta kasbga o‘qitish, 396 ta tadbirkorlikka jalb etish yoki yo‘naltirish, 628 tasiga imtiyozli kredit, 288 tasiga muhtojligiga qarab subsidiya mablag‘lari ajratish hamda 676 nafarining sog‘ligini tiklash masalalari borligi aniqlandi.

Hozirda bu masalalarning yechimi bo‘yicha har bir biriktirilgan rahbar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ish boshlagan.  

Albatta, bu ko‘rsatkichlar hozircha birlamchi o‘rganib chiqilgan jarayondan keyin kambag‘al oilalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘lib, asosiy maqsadimiz bu oilalarni o‘z daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlashdir.  

O‘z navbatida, oldimizda ijtimoiy xizmatlarning bir qator turlarini qo‘llanilishi hisobiga ham kambag‘al oilalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila a’zolarining ijtimoiylashuvini ta’minlashga qaratilgan vazifalar turibdi.

Ayni paytda mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlar va hokim yordamchilari tomonidan ushbu oilalarning ijtimoiy portretlari shakllantirilmoqda. Yil yakuniga qadar viloyatimizdagi kambag‘al oilalarni to‘liq o‘rganib chiqib, ularning kambag‘allikka tushib qolish sabablari bilan ishlagan holda ijtimoiylashuvini to‘liq ta’minlash choralarini ko‘ramiz. Prezidentimiz aytganlaridek, viloyatda “Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi”.

14.10.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar