Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “G‘alaba” mahallasi yoshlari hamda Chinoz tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabda bilimga chanqoq yigit-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xususan, Yangiyo‘ldagi muloqotda ijtimoiy tarmoqlarda Street Workout yo‘nalishidagi videolari bilan mashhur bo‘lgan yoshlar mazkur sport turini ommalashtirish borasida takliflar berdi. Ularga tizim mas’ullari bilan hamkorlikda faoliyat olib borish yuzasidan imkoniyat yaratib beriladigan bo‘ldi. Mahallalarning pazandachilik bilan shug‘ullanayotgan qizlarini esa poytaxtimizdagi eng yirik qandolat fabrikalaridan biriga sayohat uyushtirish va tajriba oshirish borasida kelishib olindi.
– Oilaviy sharoit sababli o‘g‘limni til o‘rganish to‘garagiga qatnashiga imkoniyatimiz yetmay turgan edi, – deydi Karomat Usmonova. – Murojaatim e’tiborga olindi. Bunga Alisher Sa’dullayev amaliy yordam beradigan bo‘ldi.
Suhbatda yoshlarni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilish, kasbga yo‘naltirish bandligini ta’minlash kabi taklif va murojaatlari tinglandi.
Chinoz tumanda faoliyat olib borayotgan “Biznes fabrika” o‘quv markazi direktori Laziz O‘tkirov o‘quv markazi yonida qurilgan qo‘shimcha binoda “Ustoz AI”, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa” va “Uz Chess” kabi loyihalar doirasida kam ta’minlangan oila farzandlarini o‘qitish taklifini bildirdi. Uning ushbu murojaati nazoratga olinib, mazkur to‘garaklarni tashkil etishga amaliy yordam berish rejalashtirildi.
– Bugungi suhbatda tumanimiz maktablarida shaxmat to‘garaklarini tashkil qilishga hamda bolalar adabiyoti platforma loyihasini amalga tatbiq etish borasida aytgan taklifim inobatga olinganidan mamnun bo‘ldim, – deydi chinozlik Naima Anvarova. – Shuningdek, agentlik direktori har bir uchrashuvda mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon bo‘lgan saylovlarda yoshlar ishtiroki bo‘yicha bir qator tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. Bundan juda xursandmiz.
Uchrashuv yakunida Alisher Sa’dullayev yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi hamda ijrosini shaxsan o‘zi nazoratga olishini ta’kidladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |