Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi sektor rahbarlari yosh tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida kechgan muloqotda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 200 nafardan ortiq yosh tibbiyotchi va shu sohada tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.
Dastlab aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar, soha ishini yanada rivojlantirish istiqbollari va joriy yilda yo‘lga qo‘yilgan amaliyotlar hamda yosh kadrlar ilgari surayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.
Viloyat rahbari muloqot davomida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa tibbiy muassasalarning moddiy-texnik imkoniyatlarini rivojlantirish borasidagi xayrli ishlar, xorijlik hamkorlar bilan ro‘yobga chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan yangi loyihalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Yosh tibbiyotchilar o‘z taklif-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |