Mamlakatimizda so‘nggi yillarda qiyin sharoitda yashayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ana shu oilalar a’zolarining bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaini shakllantirish, kambag‘allikdan chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan – farovonlik sari” dasturi ijrosi doirasida Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan kambag‘al oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish maqsadida viloyatning bir qator hududlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari, muammo va takliflari o‘rganib borilmoqda, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Shohruxbek Mamajonov o‘ziga biriktirilgan hudud – Jalaquduq tumanidagi Oxunboboyev mahallasida yashovchi aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolar bilan muloqotda bo‘ldi.
“Xonadonbay” olib borilgan o‘rganish va muloqotlar davomida oilalar, asosan, xotin-qizlarning muammolari tinglandi.
Avvalgi o‘rganishlarda mahallaning Maorif ko‘chasida yashovchi M.J. 2013 yilda tug‘ilgan farzandining salomatligida muammo mavjudligini, jarrohlik operatsiyasi asosida davolash lozimligini bildirgan edi. Ayolning murojaatiga asosan, uning farzandiga Andijon shahar ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasida davolanish uchun yo‘llanma berildi. Keyinroq esa Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan kardioxirurg tomonidan bolada bepul yurak operatsiyasi amalga oshirildi. Hozirda uning salomatligi yaxshi, maktabda o‘qishini davom ettirmoqda.
Aholi vakillari bilan muloqotlar davomida boshqarma boshlig‘i Shohruxbek Mamajonov mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 40 nafar farzandiga homiylar tomonidan hadya etilgan kiyim-kechaklarni topshirdi.
Bu kabi tadbirlar Qo‘rg‘ontepa va Izboskan tumanlarida ham tashkil etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |