2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim bilan uchrashuvlar samimiy va samarali o‘tdi

Viloyat hokimi Botir Zaripov Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo‘ldi. Dastlab viloyat rahbari oliy ta’lim maskanidagi istiqbolli ilmiy-innovatsion ishlanmalar va tijoratlashtirish loyihalari bilan tanishdi.

Jumladan, energiya iste’moli ob’ektlarini “yashil energetika”ga o‘tkazish uchun samarador rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish, sanoat korxonalari tutun gazlarini tozalash texnologiyasini yaratish, binolarni issiqlik sarfi iste’moli va samaradorlik sinfini avtomatik aniqlash kabi bugungi kun uchun dolzarb sanalgan loyihalar viloyat hokimida ham katta qiziqish uyg‘otdi.  

Shu yerda xonadon.bmti.uz platformasi taqdimoti ham o‘tkazildi. Ushbu onlayn platforma fuqarolar, qurilish kompaniyalari va hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolar tenderlarni ko‘rish, xonadonlar haqida ma’lumot olish va qurilish jarayonini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Botir Zaripov muhandislik yo‘nalishidagi bunday ilg‘or startap va innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish zarurligini ta’kidladi. Bu borada mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “O‘zbekneftegaz” AJ hamkorligida “KIBERNEFTGAZ” ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilgan bo‘lib, hokim maktab faoliyati bilan ham tanishdi.  

Maktabda o‘quv mashg‘ulot qurilmalari, simulyatorlar, zamonaviy dasturlar, VR zonalar mavjud. Mazkur maktabda davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, yurtimizda mavjud bo‘lmagan muhandislik yo‘nalishlari – tannarx muhandisligi, qiyoslash muhandisligi, qayta muhandislik yo‘nalishlari o‘qitilib, ishlab chiqarishda muammoli vaziyatni hal etishga qodir kadrlarni tayyorlash maqsad qilingan.  

Shundan so‘ng, viloyat rahbari institut talabalari bilan muloqot qildi. Ochiq, samimiy tarzda o‘tgan muloqotda yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi. Talabalar o‘zlarining o‘qish sharoiti, kelgusi rejalari haqida gapirdi, ularni hayotga tatbiq etishda maslahat va ko‘mak so‘radi. Har bir taklif va tashabbusni o‘rganib chiqish hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.  

Viloyat rahbari talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida institutning talabalar turar joyini ko‘zdan kechirdi. Talabalar bilan samimiy suhbatda viloyat rahbari bugun ulardan kutilayotgan narsa, avvalo, o‘zlari yashayotgan hamda ta’lim-tarbiya olayotgan maskanlarni hurmat qilishlari va o‘z uylaridek tutishlari zarurligini uqtirdi.  

Talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga ko‘maklashish maqsadida mazkur oliy ta’lim muassasasida “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etilgan.  

Botir Zaripov mazkur guruh a’zolari bilan ham muloqot qildi. Jamoatchilik guruhining talabalar xavfsizligini ta’minlash, ular o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish hamda ta’lim muassasasini xavfsiz hududga aylantirish borasidagi ishlarga muvaffaqiyat tiladi.  

27.10.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar