Mamlakatimizda yosh avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar har bir sohada ertamiz egalarining faolligini oshirish hamda ularning orzu intilishlarini ro‘’yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.
Prezidentimizning 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktori Ibrohim Mamajonov tizimda mehnat qilayotgan yosh kadrlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
– Xalqimizda, Beshikdan to qabrgacha ilm izla, degan maqol bor, – deydi Ibrohim Mamajonov. – Bugungi yoshlar yuksak aql-zakovatli, zamonaviy texnologiyalarni tez o‘zlashtiradigan, o‘z ustida tinimsiz izlanadigan iqtidor sohibidir. Bu – bizning yosh hamkasblarimizning faoliyatida ham ustuvorlik kasb etishi zarur.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi mas’ul xodimi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Ahrorbek Akbarov mamlakatimizda yuritilayotgan yoshlar siyosatining mazmun-mohiyati va maqsad-vazifalari hamda yigit-qizlar uchun ajratilgan imkoniyat, imtiyozlar xususida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida, yoshlar o‘rtasida viktorina uyushtirilib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, 25 nafar faol yosh xodim uchun Namangan viloyatining qadimiy ziyoratgohlari va diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirilishi aytildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |