Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi organlari tomonidan energiya resurslarini yetkazib beruvchi ta’minotchi korxonalarning qish mavsumiga tayyorgarligi, dispetcherlik xizmatlari va avariya brigadalarining uzluksiz ish rejimida faoliyat olib borishi doimiy nazoratga olingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev tomonidan “Nukusshahargazta’minoti” bo‘limi avariya-dispetcherlik xizmatining qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. O‘rganish davomida bo‘limda 1 ta avariya xizmati brigadasi xizmat ko‘rsatayotganligi, lekin, kuniga dispetcherlik markaziga o‘rtacha 80-100 tagacha murojaat kelib tushayotganligi sababli, qo‘shimcha 4 ta avariya brigadasiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Brigadalar sonini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriq berildi.
Shuningdek, barcha shahar va tuman prokuraturalari tomonidan aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan uzuksiz ta’minlash, aniqlangan nosozliklarni darhol bartaraf etilishi yuzasidan nazorat o‘rnatilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |