2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatchining muammosiga yechim topish har bir rahbarning ustuvor vazifasidir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 2025 yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da ijro hokimiyati organlari rahbar kadrlari va sektorlar boshliqlari oldida turgan vazifalarni o‘rganish bo‘yicha navbatdagi o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimi samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha rahbar kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalalariga alohida e’tibor berildi.  

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev har bir shaxsning davlat organlariga murojaat qilish huquqi Konstitutsiya darajasida kafolatlangani, aholi murojaatlari bilan ishlash mas’ullar oldidagi eng muhim hamda dolzarb vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.  

Shunday ekan, har bir rahbar fuqarolarni tashvishga solayotgan muammolardan xabardor bo‘lishi, ular bilan doimiy muloqot qilishi, aholining qonuniy talablari, so‘rov va takliflarini amalga oshirishda aniq va tezkor choralar ko‘rishni o‘zi uchun eng muhim va ustuvor vazifa, deb bilishi shart ekanligi belgilandi. Aholi muammolari bilan mahallabay ishlashda sektorlarning Xalq qabulxonalari va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi masalalari ham ko‘tarildi.  

Prezident Xalq qabulxonalari va sektorlarning tashkil etilishi hamda hamkorlikda ishlashi aholini yillar davomida qiynab kelgan muammolar hal etilishiga imkon yaratdi. Ushbu tizim yildan-yilga takomillashib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar barqaror davom etayotgan bo‘lsa-da, hamon muammolar mavjud ekanligi aytildi. Ularni bartaraf etish hamda bu sohadagi ishlarni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish bo‘yicha qator chora-tadbirlar va takliflar o‘rtaga tashlanib, muhokama qilindi.  

Seminar davomida hududlarni iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish, infratuzilmani yaxshilash, islohotlar samaradorligi hamda mansabdor shaxslar faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash kabi dolzarb mavzularda vazirlik va idora rahbarlari, soha mutaxassislari  ma’ruzalari eshitildi.  

24.12.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar