2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mirzachoʻl tajribasi oʻrganildi

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Jizzax viloyati kengashi tomonidan Mirzachoʻl tumanida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosini oʻrganishga bagʻishlangan viloyat namunaviy oʻquv-seminari tashkil etildi.

Seminarda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat, tuman va shahar kengashlari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi masʼul xodimlari, fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida Mirzachoʻl tumani Gagarin shahrida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

 

Gagarin shahridagi Oʻzbek-qozoq madaniyat markazida boshlangan seminar avvalida ishtirokchilarga Mirzachoʻl tumanida amalga oshirilgan ishlar haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan dastlab Doʻstlik tumanining Manas qishlogʻida namuna sifatida amalga oshirilgan “Obod qishloq” dasturi Mirzachoʻl tumani markazi – Gagarin shahrida yanada keng koʻlamda hayotga tatbiq etilishi natijasida qilingan ishlar boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

 

10.JPG

 

Ishtirokchilar “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Gagarin shahrida yangi qurilgan “Mirzachoʻl tikuvchilik majmuasi”, Davlat xizmatlari agentligi Mirzachoʻl tuman filiali, kam taʼminlangan va nogironligi boʻlgan fuqarolar uchun qurilgan koʻp qavatli uy-joylar, 2-maktabgacha taʼlim muassasasi, tuman markaziy poliklinikasi faoliyati bilan tanishdi. “Bogʻbon” va “Gʻalaba” mahalla fuqarolar yigʻinlari ish tajribasini oʻrgandi.

 

Gagarin shahridagi 6 ta mahallada tashkil etilgan 13 ta shirkat faoliyati, 176 ta koʻp qavatli uyda va 35 ta koʻchada amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari, noqonuniy qurilmalar oʻrnida barpo etilgan 94 ta ayvonli tandirxona, 38 ta bolalar maydonchasi va boshqa inshootlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

Ayni paytda bu yerda nafaqat ijtimoiy soha, balki iqtisodiyot, ishlab chiqarish korxonalari barpo etish, aholini ish bilan taʼminlashga ham muhim yoʻnalish sifatida alohida eʼtibor qaratildi. Dastur doirasida dastlab eski uylarda yashovchi aholini ish bilan taʼminlash maqsadida “Mirzachoʻl tikuvchilik majmuasi”, “Mirzachoʻl chorva kompleksi”, “Mirzachoʻl teks” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari hamda non sexi, mini-market, hammom kabi obyektlar tashkil etilishi tufayli hududda 500 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi.

 

Seminar ishtirokchilari bunday katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda mahalla oqsoqollari, faollari, xotin-qizlar, davlat va jamoat tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlik bilan qiziqdi. Ushbu masalalarda tajriba almashish boʻyicha oʻzaro muloqotlar boʻlib oʻtdi.

 

Albatta, oʻtgan yili “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Mirzachoʻldan boshqa hududlarda ham ish olib borildi. Dastur asosida har bir tumanda 2-3 tadan, umumiy hisobda 33 ta mahalla obod va koʻrkam boʻldi.

 

5.JPG

 

– Dasturlar doirasidagi belgilangan ishlar viloyatning barcha hududlarida ham bu kabi puxta bajarilgan emas, – deydi Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Jizzax viloyati kengashi raisi birinchi oʻrinbosari A.Sattorov. – Oʻtgan yili tasdiqlangan mahallalarning ayrimlarida ish haligacha boshlangani yoʻq. Bugungi seminardan koʻzlangan maqsad ham Doʻstlik tumani Manas qishlogʻi va Mirzachoʻl tumani Gagarin shahrida orttirilgan tajribadan foydalanib, aholi farovonligini yuksaltirishda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan bu dasturlarni amalga oshirishni barcha hududlarda tezlashtirishdir.

 

Davlatimiz rahbari joriy yil 30-31 yanvar kunlari viloyatga tashrifi chogʻida 2019 yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari koʻlami yanada kengaytirilishini taʼkidladi.

 

Seminarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirishda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda faollik koʻrsatgan mahalla raislari Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat kengashi tomonidan faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

 

Toshqul BЕKNAZAROV, J.Yorbekov (surat), OʻzA

12.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar